Шахс маънавий маданиятини шакллантиришда миллий ва исломий қадриятларнинг таъсири



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/10
tarix17.02.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#114556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
SHAXS MANAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MAHALLA, TALIM TIZIMI VA JAMOAT TASHKILOTLARINING O’RNI

Kurs ishiishning ob’ekti: SHaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirish ijtimoiy, ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan tahlil qilish

Kurs ishiishning predmeti milliy va islomiy qadriyatlarning shaxs ma’naviy madaniyatiga ta’sirining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.

I-BOB. SHAXS MA’NAVIY MADANIYATI SHAKLLANISHINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI


    1. MA’NAVIY MADANIYAT TUSHUNCHASI VA UNING INSON KAMOLOTIDAGI G‘OYAVIY, TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ma’naviy madaniyatining shakllanish jarayoni murakkab ijtimoiy hodisa sifatida milliy, diniy, tarixiy, axloqiy va huquqiy omillar bilan uzviy bog‘liq. SHu ma’noda, milliy va diniy qadriyatlar nafaqat xalqimizning tarixiy-ma’naviy merosi balki, barkamol shaxsni tarbiyalash va shaklantirishning muhimi omillari hisoblanadi.

Har qanday shaxsda ma’naviyatning shakllanishi moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. O‘z navbatida shaxsning ma’naviy ehtiyojlari uning milliy, diniy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan tarbiyalanganligi bilan uzviy bog‘liq. SHu bilan birgalikda moddiy ehtiyoj esa kishilarning turmush tarzi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlar bilan bog‘liq. SHu ma’noda inson ma’naviy madaniyatining shakllanish jarayoni moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning uyg‘unlashib borishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Ma’naviyatning shakllanish jarayoni insoniyat butun tarixi davomida qo‘lga kiritgan fan, madaniyat, ta’lim, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy munosabatlar va boyliklarga asoslanadi.

SHu o‘rinda ma’naviy madaniyatning mazmuniga e’tibor qarasak. Ma’naviy madaniyat birinchidan, siyosat, huquq va mafkura, axloqiy, badiiy va diniy qarashlar bilan ikkinchidan, ijtimoiy jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarishning shakl va usullarini ishlab chiqa bilish, rivojlantirish, ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo‘llay bilishni ifodalaydi.

Ma’naviyatning mazmun mohiyati, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyati, shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni masalasiga barcha davrlarda shakllangan va rivojlangan falsafiy ta’limotlarda bo‘lgani singari Prezident I.A.Karimov asarlarida ham katta e’tibor berilgan. Prezidentimiz asarlarida ma’naviyat va madaniyat muammolari bo‘yicha ilmiy asoslab berilgan qoida va xulosalar tamomila yangiligi, milliy va umuminsoniy ruhi mazmuni bilan hamohangligi, sharq falsafasi, islom ta’limotidagi ilg‘or g‘oyalarga asoslanganligi, hamda mamlakatimiz istiqbolini nazarda tutganligi bilan katta ahamiyatga molikdir. Ma’naviyatning ijtimoiy mohiyati xususida alohida to‘xtalib, Prezident I.A.Karimov u “ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi”1 degan chuqur falsafiy fikrni aytgan edi. Demak, ma’naviyat insonga xos bo‘lgan irsiy imkoniyatlar, qobiliyat kurtaklarining hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi, bilim, axloq, odob asosida shakllanib, shaxsning hayoti va faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi ruhiy asosdir.

Boshqacha aytganda, ma’naviyat insonga xos bo‘lgan ichki ruhiy holatgina emas, balki jamiyat davlat, millat, shaxs rivojlanishi va kamolotining asosiy omilidir. SHuning uchun ham “ma’naviyat insonning, xalqning, davlatning, jamiyatning kuchi va qudratidir”1. Ma’naviyat insonga muayyan maqsad, kelajakka ishonch, kuch va qudrat baxsh etadi. Inson aqli va qo‘li bilan nimaniki yarmasin, ular g‘oya va tushuncha, bilim va is’tedod, qobiliyat sifatida shakllangan ma’naviyat zaminida yuzaga keladi. SHaxs ma’naviyati millat, davlat, jamiyat ma’naviyatining bir bo‘lagidir. SHaxsning ma’naviy kamoloti odamlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar, jamiyat hayotidagi sharoit va imkoniyatlar asosida amalga oshadi.

Ma’naviyat buyuk ne’matdir. Inson ana shu ne’mat tufayli bir-birini e’zozlaydi, vijdonan mehnat qiladi, qobiliyati va iste’dodini ishga solib, o‘zini o‘rab turgan tashqi muhitni o‘zgartiradi. SHuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov 1996 yil 4 sentyabrda «Ma’naviyat va ma’rifat» Respublika jamoatchilik markazi rahbariyati hamda boshqaruv a’zolari bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’naviyatning eng asosiy himoyachisi Respublika Prezidenti ekanligini ta’kidlab, “Ma’naviyatda insonning iymoni, e’tiqodi, axloqi, hayotning ma’nosini qanday tushunishi, ichki dunyosi namoyon bo‘ladi. Vatan, xalq oldidagi burchni egallash ham yuksak ma’naviyat belgisidir. Ma’naviy barkamol inson – o‘zining savobli ishlari bilan kechirgan hayotidan rozi ketadi”2 degan edi.

Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, is’tedodi, qobiliyati amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak tizimidir. SHunday ekan, ma’naviyatning mohiyatini belgilovchi, uning tarkibiy qismlarini quyidagicha ajratib ko‘rsatish mumkin. 1) axloq va odob; 2) amaliy mehnat jarayonida vujudga keladigan bilim, ilm, amaliy malakalar, iste’dod, qobiliyat; 3) axloqiy ilmiy etuklikning natijasi bo‘lgan iymon, e’tiqod, vijdon, insof, ixlos; 4) inson bilimlari, amaliy tajribasini umumlashtirishga, faoliyatiga yo‘nalish berishiga qaratilgan dunyoqarash va mafkuradir1.

Ma’rifat esa ma’naviyatning mohiyatini, ahamiyatini o‘rganish, targ‘ib etish, ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar tizimidir. Har qanday sharoitda ham jamiyatning ma’naviy kamoloti, inson shaxsining shakllanishi ma’lum maqsadlar bilan bog‘langan ma’rifiy tadbirlar orqali amalga oshadi. Prezident I.Karimov aytganidek, “jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma’rifatdir”2.

Jamiyat taraqqiyoti va inson kamoloti jarayonida ma’naviyatning barcha qirralari o‘zaro bog‘liq holda shakllanadi. Axloq va odob inson hayotga qadam qo‘yayotgan dastlabki davrdanoq shakllanib uning kamolotiga zamin yaratuvchi ichki ruhiy omil bo‘ladi. Inson tarbiya ko‘rib muayyan odob va axloq normalarini, bilimva ilmlarni egallaydi, mehnat qilib tajriba ortiradi. Ayni bir paytda axloq, odob, bilim, is’tedod zaminida e’tiqod, vijdon, iymon shakllanadi. Ma’naviyatning bu jihatlari birgalikda insonda ijtimoiy, moddiy hayotning mohiyati va maqsadlari haqida muayyan dunyoqarash, mafkuraviy e’tiqodlar tizimi shakllanishiga olib keladi.

Inson shaxsi kamolotini ma’naviyatning yuqoridagi tamonilaridan birortasisiz to‘liq tasavvur etish mumkin emas. Insonning mohiyati ham shu sifatlarning mushtarak birligi asosida shakllanadi va kamol topib boradi. Ma’naviy kamolot jamiyat taraqqiyotining inson faoliyati, ongi bilan bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv omillari tobor kengayib, chuqurlashib, rivojlanib borishini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezon sifatida ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘xna tarixiy yodgorliklarni alohida ajratib ko‘rsatgan3.



Endi, ma’naviyat tushunchasining ilmiy, nazariy-metodologik tahlillariga e’tibor qaratsak. Ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti, inson kamolotidagi ahamiyatini e’tirof etish uning mohiyati va mazmunini ham ilmiy tahlil qilishni talab qiladi. SHu nuqati nazardan, ijtimoiy fanlarda bu kategoriyaning mohiyati va mazmuni to‘la ochib berilmagan.

Ma’naviyat muammolarini tadqiq etgan mutaxassislar uni insoni qalbi, va ruhiyati bilan bog‘lab izohlashga harakat qilganlar. Masalan, “milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar” nomli asar muallifi, filologiya fanlari doktori, professor M.Imomnazarov “ma’naviyat g‘ayrioddiydir - deb yozadi, - chunki u Olloh inoyati bilan inson qalbida zuhur etadi”.1 “Ma’naviyatning asl manbai ilohiy nur, Omiy haqiqat nuridir, dedik. U inson qalbida, ko‘ngul ko‘zgusida aks etadi. Ammo buning uchun ko‘zgu sayqal topgan bo‘lmog‘i kerak. Inson riyozat chekmasa, o‘zligini yonib izlamasa, haqiqat sari faqat ongi emas, borliq vujudi bilan intilmasa, uning ko‘ngil ko‘zgusi sayqallanishi ham mushkul. SHu sababli ma’naviyat nuri barchaga barobar nasib etmog‘i tasavvurdan yiroqdir”2. Agar ushbu ta’rifdan kelib chiqsak, ma’naviyat “Oliy haqiqat nuri” sifatida barchaga ham nasib etavermaydi.

I.Imomnazarovning ma’naviyat tushunchasi xususidagi qarashlariga qo‘shilish mumkin emasligini ta’kidlagan faylasuf olim A.Erkaev ma’naviyatni ilohiy g‘ayritabiiy hodisa emas, balki inson faoliyati bilan bog‘liq ijtimoiy hodisa deb qaraydi. “Ma’naviyat, - deb yozadi A.Erkaev, - insoniy fazilatlar bilan birga, “ma’naviy madaniyat” deb atalmish dunyoviy ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot-ibodat, taqvo, diniy marosimlar, diniy adabiyot, diniy san’at kabi boshqa ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlarni ham qamrab oladi. Ma’naviyat ong kabi ideal hodisadir, ammo ilohiy hodisa emas”3. Muallifning fikriga ko‘ra, ideallik ma’naviyatning bir jihatidir. Ma’naviyat esa mustaqil mavjud hodisadir. Ma’naviyat, eng avvalo, madaniyat orqali mustaqil mavjudligini namoyon etadi.

Falsafa fanlari doktori, professor T.Mahmudov esa ma’naviyatsiz odam bo‘lmaydi, - lekin kishining ma’naviyati past yoki yuqori bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. “Ma’naviyat, - deb yozadi u, - umumiy tushuncha bo‘lishi bilan birga u konkret hayotiy shart-sharoitlarda “faoliyat” ko‘rsatuvchi va konkret shaxslarning kontret xatti-harakatlarini ifodalovchi aqlli qalb mulki, tajribali qalb tarzida amal qiladi. Inson ma’naviyatini ushlab bo‘lmaydi, biroq uni insonning tabiat va jamiyatdagi amallari orqali his qilish va idrok etish mumkin”1. Ma’naviyat “millat va shaxsning butun insoniy faoliyati va ideallarini qamrab oluvchi universal tasavvur. Ma’naviyat shaxs va millatning “aqlni qalbi”ni ifoda etadigan, tarix taqozosiga binoan uning turli tomonlari namoyon bo‘ladigan, tabiat, jamiyat va insonning insoniylashuv darajasini bildiradigan ruhiy idrok, ziyrak qalb olamidir”2. Ko‘rinib turibdiki, oxir natijada ma’naviyatning ruh va qalb bilan bog‘liq hodisa ekanligi qayd etiladi.

Darhaqiqat, ma’naviyat tushunchasi mohiyati, mazmuni, g‘oyaviy-mafkuraviy va tarbiyaviy jihati bilan murakkab va serqirradir. SHu ma’noda inson ongli faoliyatining, tafakkur salohiyatining har qanday shakli ham ma’naviyat bo‘la olmaydi. SHu sababli ham ongli tafakkur sohibi bo‘lgan kishilarda ma’naviyatlilik bilan bir qatorda, ma’naviy qashshoqlik, qolaqlik hollari ham ko‘zga tashlanadi. Agar jamiyat hayotida ma’naviy qoloqliq, ma’naviy tubanlik bo‘lmaganida ma’naviyatni shakllantirish uchun kurashga zaruriyat ham bo‘lmas edi.

“Ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon baxt-saodat bo‘lmaydi”,-deb yozgan edi Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridayoq3. Keyinchalik “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida bu g‘oya yanada muayyanlik kasb etib, ma’naviyat “insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch” sifatida ta’riflandi4. Bu ta’rif juz’iy o‘zgarishlar bilan Prezidentning alohida ma’naviyatga bag‘ishlangan “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli kitobida ham keltirilgan.

Ma’naviyat tushunchasining ta’rifi, Prezidentimiz ushbu kitobida yana bir bor ta’kidlaganidek, oddiy lisoniy jumboq emas, “ma’no”, “ma’ni” so‘zlarining bugungi biz tushungan mazmuni bilan echilmaydi. Jaloliddin Rumiyning buyuk irfoniy asari behudaga “Masnaviyi ma’naviy” nomi bilan shuhrat taratgan emas. Bu erdagi “ma’no” tushunchasi oliy bir mazmunni anglatmoqda.

Prezidentning ta’riflari shu yaxlit mohiyatga tutash botiniy qudratga aloqadordir, uni boshqa, ikkilamchi hodisalardan, moddiy voqelik unsurlaridan keltirib chiqarishga urinish muammoni teran ilg‘amaslikni bildiradi. Bugun mustaqil va farovon O‘zbekiston atalmish buyuk voqelikni vujudga keltirish uchun har bir insondan, millatning har bir vakilidan alohida ichki quvvat, cheksizlikka tutashuvchi botiniy kuch talab etilmoqda. O‘zini mustaqil shaxs deb bilgan har bir inson uni o‘zi uchun kashf etishi kerak. Buning uchun, avvalo, ruhimizdagi xudbin mayllarni, yolg‘on hoyu-havaslarni, ro‘yolarni engib o‘tib, cheksiz qudrat manbaiga qalbimizni ochishimiz lozim.



Prezident I.A.Karimov bu tushunchani shunday ta’riflaydi. “Ma’na­viyat ‒ insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini bakuvvat, iymon-e’tikodini butun kiladigan, vijdonini uygotadigan bekiyos kuch, uning barcha karashlarining mezonidir1. Mazkur ta’rifda ma’naviyat tushunchasining negizlari, insonniy botiniy xususiyatlari, qalbi, ruhiyatiga alohida e’tibor qaratilgan. YAna bir o‘rinda Prezident I.A.Karimov ma’naviyatga “jamiyat xayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axlokiy karashlarni o‘zida”2 uyg‘unlashtiradigan hodisa sifatida yondoshadi. Falsafa qomusiy lug‘atida ma’naviyat tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Ma’naviyat – insonlarning o‘zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar tizimi”3. Inson ma’naviyatini o‘zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, umrining oxirigacha shakllantiradi va rivojlantirib boradi. U insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanib boradi.

Darhaqiqat, butun bir xalq yoki mamlakat ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotining strategik yo‘nalishlarini, bu boradagi dolzarb maqsad va vazifalarni belgilab, inson va uning ma’naviy olamiga xos belgi va xususiyatlarni yangicha qarashlar negizida yoritish tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida o‘ziga xos dolzarblik ahamiyat kasb etgan. Bunday qarash va munosabatlar butun bir xalq va millatning ko‘p yillar davomidagi hayotiy, ijtimoiy-siyosiy tajribalari, jahonda sodir bo‘layotgan voqealarning tahlili zaminida yaratilishi shubhasizdir.

Ana shu kabi yuqoridagi ilmiy-nazariy va amaliy xarakterdagi fikrlarni umumlashtirib, ulardan ma’naviy madaniyatning shakllanish jarayonlari bilan bog‘liq quyidagi xulosalarni ilgari surish mumkin:



Birinchidan, ma’naviy madaniyatning shakllanishi xalqimizning tarixiy taraqqiyoti, boy davlatchilik tajribasiga borib taqaladi.

Ikkinchidan, xalqimiz hayot tarzining ajralmas qismi bo‘lgan Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli asarida ma’naviyatning shaklantiradigan mezonlardan biri sifatida e’tirof etilgan oila bilan bog‘liq jarayon bo‘lib, uning negizida doimo tarbiya omili ustuvor bo‘lgan.

Uchinchidan, bilim va ma’rifat asosida shakllangan dunyoqarash inson ma’naviy madaniyati shakllanishida, inson kamoloti va millat ravnakining eng asosiy sharti va garovi hisobdlanadi. Albatta, ta’lim-tarbiya — inson ongining maxsuli ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muxim omildir.

To‘rtinchidan, inson dunyoqarashi, shu asosda ma’naviy madaniyati turli ijtimoiy, siyosiy, huquqiy bilimlar tizimi asosida shaklanadi hamda hayotiy tajriba va ko‘nikmalarlar orqali boyib boradi.

Beshinchidan, buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosida ma’naviyatning shakllanishida xalqimiz milliy mentalitetiga xos bo‘lgan – xayo, andisha, oriyat, xokisarlik vafa va sadoqat, shijoat va kamtarinlik kabi axloq normalari borligini e’tirof etilgan.

Oltinchidan, ma’naviy madaniyatning shakllanishida millliy va diniy qadriyatlar uyg‘unlikda bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin