I I. БОБ. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY TUYG‘ULARNI
SHAKLLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TAJRIBA-SINOV ISHLARI
Maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishda tadbirlar texnologiyasi.
Mustaqillik davridagi islohotlarning birinchi bosqichida butun xalqni, asosan, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalashda ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishildi. Bu davrda yosh avlod milliy qadriyatlar va an’analarning tub mohiyatini bilishdi. O‘tmishda ajdodlarimizning jahon fani ravnaqiga qo‘shgan buyuk ta’limoti bilan yaqindan tanishdi. Boshqacha aytganda, yosh avlod o‘zligini angladi.
Darhaqiqat, Maktabgacha ta’lim muassalarida ta’lim-tarbiya ravnaqi, bolalarning milliy g‘ururini tarbiyalash va yuksaltirish singari ijtimoiy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda kuchli ijtimoiy siyosat
yaratib bergan imkoniyatlar salmog‘i katta bo‘lib, bunda tarbiyaviy ishlar yuqoridagi masalani sifatli hal qilishga yo‘naltiridi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalarning milliy tuyg‘ularini shakllantirish, tarbiyalash va takomillashtirish jarayonlarini puxta tahlil qilish, shu muhim muammoni hal etish maqsadida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bolalarda e’tiqod, vatanparvarlik, xalqparvarlik, mardlik, jasurlik, milliy tafakkur, metin iroda, kuchli xotira va milliy tuyg‘ular orqali vujudga keladigan milliy g‘ururni tarbiyalashda milliy qadriyat va an’analar, urf- odat va udumlar, tarixiy xalq qahramonlari va davlat arboblari faoliyati, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’at, hozirgi mustaqillik davrida sodir bo‘layotgan olamshumul voqea va hodisalar, mashg‘ulotlar va tarbiyaviy tadbirlar pedagogik- psixologik omil va vositalar sifatida muhim rol o‘ynaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlar turli-tuman bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilar yorqin ishlarni uzoq eslab yuradilar, shu bois bunday ishlarni takrorlash maqsadga muvofiq emas, chunki u ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Tarbiyaviy-tadbirlarni har doim yangisini topish qiyin ammo ularni topishga harakat qilish kerak. Tarbiyaviy ishlar zahirasida ko‘plab qiziqarli tadqiqotlar mavjud va bu takrorlamaslikni, aksincha, aniq sharoitlar bilan muvofiqlashtirgan holda tarbiyalanuvchini rivojlantirishni kafolatlaydi.
Milliy g‘ururni shakllantiruvchi tadbirlarni his-tuyg‘ularning qudratli katalizatori kabi loyihalashtirish kerak. Ma’lumki, hayajonga tushgan kishi nihoyatda ta’sirchan bo‘ladi. Har bir tarbiyaviy-tadbir ishda tarbiyalanuvchiga yaqin, hamohang bo‘lgan jihatlarni topish va unda ijobiy xislatlarni rivojlantirish, mustahkam hayot tarzini shakllantirish, tarbiyaviy-tadbir ishlar madaniyatini oshirishning muhim yo‘llaridan biri bo‘lib, o‘rab turgan dunyo haqiqatini to‘g‘ri tushunishga yordam beradigan qilib yetkazish kerak.
Tadbir ishlarini rejalashtirish bosqichi maqsadni ko‘zlash bosqichidan keyin boshlanadi va undan faqat nazariy jihatdan farqlanadi, ammo amaliy jihatdan bu ajralmas jarayondir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish, bolalar shuuriga milliy istilol g‘oyasi asosida milliy g‘urur tushunchasini singdirish hozirgi davrning muhim va zaruriy talablaridan biri hisoblanadi. Bu siyosiy-pedagogik, ma’naviy-mafkuraviy vazifani amalga oshirishda tarbiyachilarning pedagogik mahorati asosiy o‘rinni egallaydi.
Tarbiyachilar bu ishlarni mashg‘ulot jarayonida va mashg‘ulotdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali amalga oshiradilar. Shuning uchun ular maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar ruhiga milliy g‘ururni singdirilish ijodkoridirlar. Bunda, albatta, pedagog ijodkorligi, avvalo, o‘z burchlari va mas’uliyatini his etishlari kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘uni shakllantirish maqsadida turli ma’naviy – tadbirlar yaxshi natija beradi.
Milliy tuyg‘uni takomillashtirish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarga rahbarlik hamda nazorat to‘g‘ri tashkil qilinsa va yo‘naltirilsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari faoliyati adolatli baholansa va rag‘batlantirilsa, bu borada yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Burch tushunchasi har bir inson unga tegishli vazifalarni bekamu-ko‘st bajarishni, sodiqlikni, shu jarayonda boshqalar bilan to‘g‘ri va halol munosabatda bo‘lishni anglatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi pedagoglar burchi, birinchidan, mashg‘ulot jarayonida bolalarga chuqur bilim berish, ikkinchidan, bolalar bilimini baholashda ularni rag‘batlantirish yoxud tanbeh berishda adolatli bo‘lish, uchinchidan, mashg‘ulot va tadbirlar davomida tarbiyalanuvchilarni milliy tarbiya an’analariga asoslangan holda tarbiyalash, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, milliy ahloq-odobni, vatanparvarlik, insonparvarlik, mehr-muruvvat aqidalarini singdirish va nihoyat milliy tuyg‘ularni shakllantirish va takomillashtirishdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchida mardlik, do‘stlik, vatanparvarlik, milliy tuyg‘ularni o‘stirish, „Ertaklar olamiga sayohat" kechasini o‘tkazish, ularning adabiyot, san’atga qiziqishlarini orttirish, milliy-estetik didlarini o‘stirish, shuningdek, hikmatli so‘zlar bilan tanishtirish maqsadida „Dono bobo davrasida" kechasini o‘tkazish kutilgan natijani beradi.
Maktabgacha talim muassasalarida bahor faslida „Navro‘z" bayrami,
„Sumalak" sayillarini o‘tkazish va ulardagi ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy kurash, laparlar, turli milliy o‘yinlaru qizlarning tol popuklar taqib yurishlari, Navro‘z taomlarini ulashishlari bilan bu yerdagi bolalarni o‘z millatiga, xalqiga, urf-odatlariga, milliy merosiga mexr-muhabbat uyg‘otishda yaxshi samara beradi.
Tarbiyachi-pedagoglar sharqona ta’lim-tarbiya yo‘llarini, ahloq-odob mezonlarini, mumtoz pedagoglar merosini, xalq pedagogikasi an’analarini chuqur o‘rganishlarida ularni tarbiyaviy - tadbirlar jarayonida tatbiq etish-lari maqsadga muvofiqdir.
Biz tadqiqot davomida yuqoridagi vositalardan keng foydalangan holda turli tadbirlar o‘tkazdik.
Masalan, “Bilimlar yurtiga sayohat”. Bu tadbirning maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirish, vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari, buyuk siymolar, mustaqillik g‘oyasi hamda o‘z o‘lkasi, hududi va xalqiga mehr, sadoqat tushunchalarini tarkib toptirish va rivojlantirishdan iborat.
Shu tadbirlar bolalar ruhiga samarali va ijobiy ta’sir ko‘rsatish qudratiga ega. Ular o‘smirlarda milliy tuyg‘uni shakllantirish va tarbiyalashga yordam beradi. Va ayni chog‘da, o‘sha pedagogik-tadbirlar natijasida hosil bo‘ladigan fikrlar majmuasi milliy tuyg‘ularni tarbiyalash mazmunini belgilaydi.
Bunda pedagoglar quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin:
suhbat;
savol-javob daqiqalari;
v) sayohatlar uyushtirish;
г) turli xil kechalar;
d) uchrashuv kechalari;
Tarbiyaviy tadbirlar –turli xil moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta’limni ko‘zda tutgan tarbiyaviy ta’sir majmuidir.
Ta’limda jarayonida alohida mashg‘ulotlardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar
–tarbiya ishlarining bir bo‘lagidir.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari milliy tuyg‘uni anglashining ahamiyati katta. Milliy tuyg‘u tushunchasini anglashning tiklanishi esa, o‘z navbatida, mustaqil jamiyatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy- ma’naviy zaminlarining mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun ham milliy o‘zlikni tiklash masalasi O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligiga erishishdan keyin mamlakatimiz oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Dostları ilə paylaş: |