63
To‘rtinchisi,
mamlakatimizda yaqqol ko‘zga tashlanayotgan ijtimoiy
muammolarning asosiylaridan yana biri – malakali, o‘z kasbiga, Vataniga, vijdoni
oldida sadoqatli kadrlarning yetishmovchiligi bo‘lib qolmoqda. Boshqacha
aytganda, hokimiyat organlarining ta’qibidan qo‘rqmaydigan va ular uchun moddiy
mavqeini belgilovchi omil bo‘lmagan, o‘z kuch va g‘ayratini jamiyat foydasiga
bag‘ishlashga tayyor turgan bilimli, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, jamoatchilik
nazoratini amalga oshiruvchi subyektiv mexanizmlarni yetishtirish borasidagi
muammolar ichida eng dolzarb hisoblanadi.
Beshinchisi,
Fransiyada Ombudsman instituti davlat va uning apparati oldida
fuqarolar huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishi, fuqarolik jamiyati
rivojlanishi, demokratik institutlarning kengayishi va mustahkamlanishi va xalq
farovonligini oshirishda yanada yuqori yutuqlarga erishish maqsadida jamoatchilik
huquqini va uning huquqiy vakolatlarini kengaytirishga alohida urg‘u bermoqda.
Bizning qonunchiligimizda (O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati
to‘g‘risida”gi Qonuni 2018.) bu tizim yo‘lga qo‘yilgan. Ammo muammo shundaki,
jamoatchilikning huquqiy ongida kuzatilayotgan kamchiliklar sabab, aksariyat
jamoatchilik nazorati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar o‘z vakolati doirasida davlat
organlari faoliyati ustidan samarali nazorat shaklini o‘rnatishga qiynalmoqda.
Dostları ilə paylaş: