Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

“Tamal 
tosh”
vazifasini o‘tab, biz tomondan o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha quyidagi 
bandlar alohida ahamiyat kasb etadi: 
− O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan 
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati 
subyektlaridir[63]; 
− referendumlarga, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, 
shuningdek mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot, tezkor-qidiruv faoliyati, 
surishtiruv, dastlabki tergov, sud ishlarini yuritish, jazolarni ijro etish sohasida 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish alohida qonunchilik bilan tartibga solinadi; 
− fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari 
mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish tizimi qonuniy kuchga 
ega hisoblanadi; 
− jamoatchilik nazorati subyektlarining murojaatlari va so‘rovlari 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi; 


73 
− jamoatchilik nazorati subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat 
organlarining ochiq hay’at majlislarida ishtirok etish huquqiga ega; 
− Davlat organlari o‘zining ochiq hay’at majlislarida jamoatchilik nazorati 
subyektlari ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratadi; 
− fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, 
jamiyat manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarga yuborishga; 
− Davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining 
xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga 
yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat 
qilishga[82] va boshqa huquqlarga ega hisoblanadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin