Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Birinchidan,
keng aholi orasida 
(jamoatchilik fikrida)
inson huquqlari, unga 
berilayotgan imkoniyatlar, ya’ni shaxs huquqiy savodxonligini oshirish, bu boradagi 


77 
amaliy ishlarda ommaviy axborot vositalari hamda ta’lim dargohlariga alohida 
e’tibor berish tizimini faollashtirish. 
Ikkinchidan,
davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
kuchaytirishning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan 
qonunchilikni takomillashtirishda xalqaro normalarga alohida e’tibor qaratish, 
qonunchilikning mintaqaviy tajribalaridan kengroq foydalanish, xorijiy institutlari 
bilan hamkorlikni rivojlantirish zarurati hanuz o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. 
Uchinchidan,
jamoatchilik nazorati tizimida fuqarolik jamiyati institutlari 
samaradorligini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, xususan 
inson omilini chetlash, virtual texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini 
oshiruvchi chora-tadbirlarni kengaytirish, yangicha yondashuvni (innovatsion) 
sohaga olib kirish. 
To‘rtinchidan,
jamoatchilik oldida hisobdorlik hissini davlat organlari 
faoliyatiga singdirish, bu yo‘lda, ularning faoliyatida ochiqlikni ta’minlovchi 
qonunchilik hujjatlarini mustahkamlash, zamon talablariga mos ravishda muntazam 
rivojlantirish mexanizmini joriy etish. Masalan, jamoatchilik nazorati tizimi 
takomillashuvining huquqiy asoslarini o‘rganuvchi hamda Qonunchilik palatasi va 
Senatga takliflar kirituvchi ilmiy markaz tashkil etish. 
Beshinchidan,
inson huquqlari hamda erkinligini ta’minlash, davlat 
idoralarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirishga qaratilgan hamda jahon va 
mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan islohotlarni o‘rganuvchi, kelajakdagi 
strategiyalar bo‘yicha ishlab chiqilayotgan qonun va qonun-osti hujjatlarning 
mazmun-mohiyatini o‘rgatuvchi 
(jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi)
fan 
tarmog‘ini tashkillashtirish va ta’lim tizimiga transformatsiya qilish. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin