84
o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini
demokratik tarzda
tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan
jamoatchilik
nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi”[1; 13-b.]
− deb, belgilab qo‘yilgan.
− O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi
qonunining 3-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga
olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik
nazorati subyektlaridir. Jamoatchilik nazorati − jamoatchilik kengashlari,
komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan qonunchilikka
muvofiq amalga oshirilishi mumkin”[82] deyilgan.
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini,
shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida “Aholini
jamoat va davlat
ishlarini boshqarishga faol jalb etish, fuqarolarning huquqiy madaniyati va yuridik
savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, tegishli sohalarda davlat
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda”[82], jamoatchilik nazoratidan
samarali foydalanish ko‘rsatilgan.
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va
tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik
nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
farmonida “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini,
axborot
olish
erkinligini
ta’minlash
orqali
jamoatchilik
nazoratini
takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”[82] keltirib o‘tilgan.
− “Davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor
shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va ular organlarining qarorlarini, davlat
dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda
85
funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Parlament
nazorati to‘g‘risida”[82]gi qonuni – nafaqat jamoatchilik
nazoratining huquqiy
mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qildi, balki, ularning ijtimoiy mavqeini
ham oshirdi.
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarorida “Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini
kuchaytirish, qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash,
jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda
jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish”[82]ning tartib qoidalari
ishlab chiqilgan.
− O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuning 10-moddasida “Nodavlat notijorat
tashkilotlari davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor
shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida
yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega”[82] ekanligi
belgilab qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida jamoatchilik nazoratini
olib borish huquqiga
ega bo‘lgan nodavlat notijorat institutining huquqiy mexanizmlarini yanada
mustahkamlaydi.
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari huzurida
jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
“Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat va jamiyat
o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mustahkam
mexanizmlarini rivojlantirish, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, fuqarolik
jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash”[82]ning huquqiy
mexanizmlari ishlab chiqilgan.
− O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha
86
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida “Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining jamiyatdagi o‘rni hamda rolini kuchaytirish, ularning aholi kundalik
muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi
mavqeini mustahkamlanishi”[82], ya’ni, uning huquqiy mexanizmini belgilab
qo‘yilishi, jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega institutsional tizim
elementlarini jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va mavqeini ko‘rsatadi.
Umuman olganda, bugungi globallashuv davrida jamoatchilik nazoratining
nafaqat huquqiy mexanizmlari rivojlanmoqda, balki, ularning subyektiv elementlari
ham taraqqiy etib bormoqda. Xususan, Gʻarb mamlakatlarida jamoatchilik nazorati,
uning ijtimoiy-huquqiy mexanizmlari birmuncha yuqori bosqichlarda ketmoqda.
Dostları ilə paylaş: