100
To‘rtinchidan,
“...inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini
yaratish hamda davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik
faoliyatida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza
qiluvchi organlarni xalq manfaati yo‘lida xizmat qiladigan idoralarga
aylantirish”[82] tizimini joriy etishga qaratilgan “Konstitutsiya va qonun
ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda
jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
(2019 yil 13 dekabr,
PQ-4551-son)
, jamoatchilik nazoratini tashkillashtirish, boshqarish va uning
shaffofligini mustahkamlash uchun huquqiy asos bo‘ldi. Umuman olganda bu
tizimning xalq orasida obro‘-e’tibori ortib, mavqei mustahkamlanganligi sari, ularni
(jamoatchilik nazorati institutlarini) davlat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik
nazoratini amalga oshirish[72; 17-b.] imkoniyatlari ham ortib bormoqda.
Beshinchidan,
jamoatchilik nazorati instituti faoliyati samaradorligini
kafolatlovchi huquqiy me’yorlarning ishlab chiqilayotganligi
Dostları ilə paylaş: