Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

birinchidan,
jamiyatning siyosiy tizimi, fuqarolik jamiyati va demokratiyaning rivojlanganlik, 
yetuklik darajasi, fuqarolik jamiyati institutlarining chinakam real maqomga egaligi, 
inson huquqlarining ta’minlanganlik darajasi, iqtisodiy tizim xarakterini 
mustahkamlanib borayotganligini ko‘rsatsa, 
ikkinchidan
, aholining siyosiy faolligi 
va huquqiy madaniyati oshishi natijasida tegishli huquqiy asos va uning samarali 
mexanizmlari takomillashib, xalq manfaatlariga moslashib borayotganligini 
ko‘rsatadi[20; 129-b.]. 
Jamoatchilik nazoratini ta’minlashga qaratilgan har qanday fuqarolik jamiyati 
institutlarining harakatlanish mexanizmida umumiy tamoyillar o‘rtasidagi 
funksional integratsiyalashuv bo‘lishi zarur[104]. Chunki, samarali jamoatchilik 
nazoratini yo‘lga qo‘yishning bundanda konstruktiv yo‘li yo‘q. Shu sababli, barcha 
jamoatchilik institutlari umum e’tirof etilgan quyidagi tamoyillarga qat’iy rioya 
etilishi talab etiladi: 


101 
Birinchisi,
“Xalq hokimiyatchiligi”
− xalqning to‘la hokimiyatga egaligi, 
ya’ni xalqning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda haqiqiy ishtirok etishi uchun 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vositalarning mavjudligi[104].
Ma’lumot o‘rnida:
xalq hokimiyati – xalqning o‘z xohish-irodasini amalga 
oshirish usulidir. Demokratik mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda 
hokimiyatning yagona manbai xalqdir. Xalq o‘z hokimiyatini, o‘zi saylab qo‘ygan 
yoki tuzadigan organlar orqali ro‘yobga chiqaradi. Xalq hokimiyati davlat 
hokimiyati orqali siyosiy jarayonga aylanadi. Agar hokimiyat biron-bir narsaga ega 
bo‘lish, ta’sir o‘tkazish, hatto majburlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, shu imkoniyatni 
xalq davlat hokimiyati orqali amalga oshiradi. Xalq hokimiyati – saylov, 
referendum, muhokamalarda ishtirok etish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari kabi 
tushunchalardan vujudga keladi. Xalq hokimiyati − xalq suverenitetining 
ifodasidir[86]. Demak, jamoatchilik nazoratida xalq tomonidan tanlangan 
subyektlar o‘z faoliyatini xalq nomidan olib borganidek, xalq manfaatlariga qat’iy 
amal qilishi ham talab etiladi. Agarda ushbu tamoyilga barcha jamoatchilik 
institutlari faoliyati davomida og‘ishmay amal qilsa, nafaqat jamoatchilik 
nazoratida samaradorligi oshadi, balki, ularga nisbatan pozitiv jamoatchilik fikri 
ham shakllanadi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin