Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Ikkinchisi,
“Konstitutsiya va qonunning ustunligi”,
ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida “Davlat, uning organlari, 
mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga 
muvofiq ish ko‘radilar”[1; 7-b.] deb ko‘rsatilgan. Bundan shunday xulosa chiqarish 
mumkin: 
− qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan 
bevosita bog‘liq prinsipdir; 
− inson huquq va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida 
qonunlarning pirovard maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya 
qilishdan iboratdir; 
− qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida: shaffoflik, hisobdorlik, 
demokratik jarayonni qamrab olganlik, huquqiy aniqliq, o‘zboshimchalikning 


102 
ta’qiqlanganligi, mustaqil va xolis odil sudlovning ochiqligi, inson huquqlarini 
hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun oldida tenglik; 
− qonun ustuvorligi shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini mone’liksiz amalga 
oshirish, o‘z hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari 
qonunan kafolatlanganligi tufayli tinch, osoyishta, xotirjam, hech qanday tashqi 
ta’sirlardan, zo‘ravonlik va o‘zboshimchalikdan qo‘rqmay yashash imkoniyatini 
beradi; 
− qonun ustuvor bo‘lgan davlatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanadi, 
hokimiyatning shaxsga ta’siri chegaralanadi, inson huquqlari himoyalanadi, mulk 
huquqiga rioya qilinadi, odil sudlov mustaqil bo‘lib, samarali amalga oshiriladi[1]. 
Bu tamoyilning afzalligi shundaki, qonun – davlat organlarini ham, jamoatchilik 
vakillarini ham qonun oldida tengligini ta’minlab berib, aslida ikki tomon[104] 
(davlat organlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi vakil)
ham xalq 
xizmatida bo‘lishi, o‘z manfaatidan xalq manfaatini ustun qo‘yishi kerakligini 
belgilab beradi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin