Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Birinchidan,
aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha o‘zini o‘zi 
boshqarish organi bo‘lmish mahalla imkoniyatlari orqali kuchli jamoatchilik 
nazoratini yo‘lga qo‘yish mumkinligi hech birimizga sir emas. Mahalla − xalq bilan 
davlat o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi huquqiy asosga ega bo‘lgan 
mexanizm 
hisoblanadi. 
Shu 
sababli 
uning 
quyidagi 
ijtimoiy-huquqiy 


104 
“yacheykalarini” takomillashtirish orqali jamiyatdagi demokratik tamoyillarni 
yanada rivojlantirish mumkin: 
− mahallani aholi kundalik muammolari bilan ishlash tizimini yanada 
takomillashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy mavqeini yanada yuksaltirish; 
− fuqarolarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 
ta’sirchan mahalla tizimini rivojlantirish bo‘yicha konstruktiv ahamiyatga ega 
bo‘lgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish; 
− fuqarolar yig‘ini raisi − keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi, 
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, “Keksalar maslahati” guruhining 
ijtimoiy-huquqiy vakolatlarini kengaytirish; 
− davlat organlari faoliyatiga, xususan, mahalla hududi profilaktika inspektori 
faoliyatiga baho berish tizimini joriy etish kerak. Chunki, mahalladagi sog‘lom 
muhitni saqlab turish ko‘p jihatdan mahalla inspektori faoliyatiga bog‘liqdir. 
Ikkinchidan,
ommaviy axborot vositalari mavqei jihatidan nafaqat to‘rtinchi 
hokimiyat maqomini kundan kun mustahkamlab bormoqda, balki ta’sircha 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institut sifatida ham rivojlanib kelmoqda. 
Bugungi ommaviy axborot vositalari − davlat organlarining noxolis 
(xalq 
muhokamasidan o‘tmagan)
qarorlari, mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy 
harakatlarini 
(harakatsizligini)
ochiq oshkora xalq muhokamasiga tashlash, ular 
(davlat organlari)
oldida turgan masalalar 
(xalqni qiynab kelayotgan muammolar)

bo‘yicha pozitiv pozitsiyani ilgari surish bo‘yicha ijtimoiy-huquqiy jihatdan yanada 
mustahkam vakolatga ega bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, “Ommaviy axborot vositalari 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi, ommaviy 
axborot vositalarini – jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi, xalq nomidan 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi “lokomotiv drayver” sifatida yanada 
faollashuviga olib keldi. Ammo samarali jamoatchilik nazoratini ta’minlash 
borasida OAV oldida hanuz qilinadigan ishlar mavjud. Masalan, “Ommaviy axborot 
vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida vakolatlari aniq 
belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, ommaviy axborot vositalaridagi harakat mexanizmi 
to‘laligicha ishlamayapti: 


105 
− fuqarolarning so‘z erkinligi va axborotdan foydalanishga bo‘lgan 
konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish; 
− insonlarga ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar 
rivojlanishi to‘g‘risida xolis axborotlarni yetkazish; 
− iste’molchiga media bozorda keng va teng sharoitlar yaratish; 
− har bir insonga axborot resurslaridan samarali va erkin foydalanishni 
ta’minlash; 
− davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati ustidan barqaror va xolis 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatish; 
− jamiyat va davlatning axborot ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborotni 
taqdim etishning yangi kanallari va usullaridan foydalanish[104] va hokazolar shular 
jumlasidandir. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin