Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

 
To‘rtinchidan, 
bugungi jamiyat va davr xalqimizdan “Fuqarolik 
pozitsiyasi”ni ongli va faol ravishda amalga oshirishni talab etmoqda. Chunki, 
fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash orqali ta’sirchan jamoatchilik nazoratini 
o‘rnatish mumkin. Aks holda jamiyatni isloh etishda – jamoatchilik nazoratini 
kuchaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarning hech 
birida natijadorlik sezilmaydi.
 
Beshinchidan, 
jamoatchilik nazorati samaradorligini ta’minlashda, uning 
ijtimoiy-huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishda, bu yo‘nalishdagi mavjud 
metodologiyaga yangicha yondashuvni olib kirishda − matematik metodlardan 
foydalanish, birinchidan amaliyotda qo‘llanilayotgan metodlarning keraklilik 
darajasiga aniqlik kiritishga imkon bersa, ikkinchidan ishlab chiqilayotgan ijtimoiy-
huquqiy mexanizmlar o‘rtasidagi differensiallashuvni oldini olishda amaliy ko‘mak 
bo‘ladi.
 
Oltinchidan, 
fuqarolarni qiynayotgan 
muammolarni o‘z joyida hal qilish
buning 
uchun 
davlat 
organlari 
faoliyatini 
fuqarolik 
institutlari 
bilan 
muvofiqlashtirish hamda ular bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘ladigan jarayonni 
tubdan qayta ko‘rib chiqish masalasini taklif etamiz. 


134 
XULOSA 
Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-nazariy g‘oyalar quyidagi xulosalarga 
asos bo‘ldi: 
1. Jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subyektlar o‘z vakolat doirasida 
harakatlanishini uchun, ma’lum funksiyalarga ega bo‘lishi shart va zarurdir. 
Xususan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ularni amalga oshiruvchi 
mexanizmlarni joriy etish, ularga berilgan huquqiy maqomga bog‘liq bo‘lib, bu 
ularni ijtimoiy faoliyati jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan funksiyalar bilan 
belgilanadi. 
2. 
Jamoatchilik 
nazoratining 
samaradorligi 
uning 
kadrlar 
bilan 
ta’minlanishiga, ya’ni jamiyat hayoti uchun zarur turli yo‘nalishlar bo‘yicha 
ekspertlarning maqsadli jalb qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu mutaxassislar davlat 
boshqaruvining turli sohalarida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish 
imkoniyatlarida kasbiy bilimlarini o‘tkazish, ya’ni ommalashtirish vazifasini hal 
qilishda asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatmoqda. 
3. Jamoatchilik nazorati institutlari faoliyatini samarali tashkil etish ko‘p 
jihatdan fuqarolik institutlarining mustaqilligi bilan bog‘liq ekanligini inobatga olib, 
nodavlat jamiyat tuzilmalari va birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlariga 
tashkiliy-huquqiy jihatdan erkinlik berish zarur. 
4. Bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirishda drayver sifatidagi maqomini kuchaytirishni 
ko‘rsatmoqda. Shu sababli, bu institutsional tizim faoliyatiga sotsiometrik 
usullardan foydalanish mexanizmini yanada jonlantirish siyosatini olib borish kerak. 
5. Jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim elementlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yaratilayotgan bugungi imkoniyatlar, bu 
tizimga jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishda ijtimoiy-
huquqiy jihatdan erkin harakatlanish imkonini berish, har bir masalada xalq 
ishtirokini ta’minlashni taqoza etmoqda. 
6. Jamoatchilik nazorati tizim taraqqiyotini isloh qilishda: keng aholi orasida 
(jamoatchilik fikrida)
inson huquqlari, unga berilayotgan imkoniyatlar, ya’ni shaxs 


135 
huquqiy savodxonligini oshirish, bu boradagi amaliy ishlarda ommaviy axborot 
vositalari hamda ta’lim dargohlariga alohida e’tibor berish tizimini faollashtirish 
zarurati mavjud.
7. Jamiyat ijtimoiy hayotida davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash, 
ularning qonun doirasidan chiqmasligini nazorat qilishga qaratilgan ijtimoiy-
huquqiy mexanizmlarni joriy qilish tizimini doimiy takomillashtirib borish, bu 
yo‘nalishdagi normativ-huquqiy va metodologik asoslarini ishlab chiqish hamda 
jamoatchilik institutlari amaliyotiga singdirishda jamoatchilik nazorati subyektlari 
faoliyatini yanada mustahkamlash zarurati mavjud. 
8. 
Davlatimizda garchi jamoatchilik nazoratini tizimli olib borishga ijtimoiy-
huquqiy asos bo‘luvchi qonun va me’yoriy hujjatlar yetarli darajada ishlab chiqilgan 
bo‘lsada, fuqarolarga davlat organlari olib borilayotgan faoliyati to‘g‘risida batafsil 
axborotni taqdim etish funksiyasiga ega bo‘lgan jamoatchilik nazorati 
institutlarining faoliyatida mas’uliyatsizliklar kuzatilmoqda. Shu sababli, bu 
institutsional tizim elementlari faoliyatini determinantlash kerak bo‘ladi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin