bossism
(nazorat orqali boshqarish);
choicism
15
(raqobat orqali nazorat qilish);
groupism
(o‘zaro nazorat);
chancism
(o‘ylab
topilgan tasodifiylik bilan nazorat qilish)[41].
B.I.Ismoilovning fikricha, jamoatchilik nazorati deganda, fuqarolik jamiyati
institutlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning birlashmalari,
davlat hokimiyati organlari va boshqaruvi ustidan nazorati tushuniladi[56; 46-b.].
R.Hakimovga ko’ra jamoatchilik nazorati − kuchli fuqarolik jamiyatining
ajralmas belgilaridan bo‘lib, fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik
tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari
faoliyatini qonunga muvofiqlik nuqtayi nazaridan muntazam nazorat qilishni
anglatadi[37; 5-b.]. Ushbu ta’riflarda R.Hakimov va B.I.Ismoilovlar jamoatchilik
nazoratini shunchaki nazorat turi sifatida emas, balki fuqarolik jamiyatini muhim
belgisi sifatida qarab, u davlat organlari faoliyatini qonunga muvofiqligini
ta’minlovchi ta’minlovchi me’zon sifatida baholaydi. Bundan jamoatchilik
nazoratiga xos bir qator xususiyatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Ijtimoiy nazoratning muhim shakli ekanligi;
2. Nazorat shakli sifatida qonuniylikni ta’minlovchi kuchga ega eganligi;
3. Nazoratni amalga oshiruvchi subyektning huquqiy-siyosiy onga ega
bo‘lishini talab qilishi;
4. Fuqaro-ijtimoiy institut-davlatning bir-birlari o‘rtasida mas’ulligi
ta’minlashi kabilar.
Y.Y.Ollamovning keltirib o‘tishicha, jamoatchilik nazorati − fuqarolik
jamiyati institutlarining davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatini
normativ-huquqiy standartlarga mos, muvofiqligini tekshirish va aniqlangan huquq
buzilishlarni (tegishli davlat organlariga murojaat qilish orqali) tuzatish maqsadidagi
tizimli faoliyatdir[32; 32-b.].
Yuqorida keltirib o‘tilgan fikr mulohazalar tahlili jarayonida ushbu
fenomenga nisbatan bizda quyidagi
ta’rif yuza keldi: “Jamoatchilik nazorati – xalq
manfaatlarini ishonchli himoya qiluvchi tizim bo‘lib, davlat organlari faoliyati
ustidan qonuniy nazorat olib boruvchi, ya’ni “Xalq ko‘zgusi” vakolatiga ega bo‘lgan
16
jamoatchilik institutlarining umummilliy harakati hisoblanadi”. Bunday jamiyatga
erishgan xalqda quyidagi imkoniyatlar yuzaga keladi:
Birinchidan, jamiyatni isloh qilishning o‘ziga xos yo‘nalishi, ya’ni xalq uchun
munosib yashash sharoitini ta’minlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga
kirish, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish orqali barqaror ijtimoiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish[76].
Ikkinchidan, keng jamoatchilik nafaqat o‘z vakillari orqali qonunlar
yaratishda yoki ularning ijrosi sifatli ta’minlanishida ishtirok etishi, balki bu
jarayonlar ustidan ijtimoiy nazoratni olib borishi uchun ham imkon tug‘iladi.
Uchinchidan, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy
hayotdagi samaradorligi ta’minlanishi, ya’ni natijadorlikka erishishi, ularni davlat
organlari tomonidan ijro sifati ustidan nazorat qiluvchi mexanizmlar yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlarni, M.A.Axmedshayeva, M.K.Najimov, Sh.A.Saydullayev,
X.R. Muxamedxodjayevalarning “Jamoatchilik nazorati − fuqarolik jamiyatini
shakllantirishning muhim omili” nomli monografiyasida keltirilgan fikrlari orqali
asoslash mumkun. “Davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati
amalda mavjud bo‘lmasa, xalq suvereniteti, davlatning demokratik xususiyati,
davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi, oshkoralik prinsipi amalda
ishlamaydi”[20; 7-b.].
Umuman olganda jamoatchilik nazoratini davlat organlari faoliyatiga
bosqichma-bosqich kiritib borish, birinchidan tarixiy zarurat hisoblanib, huquqiy
demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurishga intilayotgan har
qanday davlat uchun bosh mezondir. Chunki, jamiyatning milliy taraqqiyot negizi
islohotlarga nisbatan jamoatchilik nazoratini qay tariqa kechayotganligida ko‘rinadi.
Boshqacha aytganda, davlat qachon o‘z vazifasini muvaffaqiyatli ado etadi?
Qachonki davlat idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati
o‘rnatilgan bo‘lsa[2; 489-b.]. Ikkinchidan, jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ya’ni
jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy o‘zgarishlarga
nisbatan jamoatchilik kayfiyati qay darajada shakllanayotganini o‘rganish,
17
jamoatchilik bildirayotgan fikrlarni tahlil etish, davlat boshqaruvida ichki nazorat
tizimini
Dostları ilə paylaş: |