Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va beg‘arazligi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

jamoatchilik nazorati subyektlarining xolisligi va beg‘arazligi; 


23 
Izoh: 
davlat organlari faoliyati ustidan ijtimoiy nazorat olib borishga 
yo‘naltirilgan subyektlar xolislik va beg‘arazlik tamoyiligi amal qilmasa, bunday 
nazoratdan davlatga ham, jamiyatga ham foyda kelmaydi[104]. Aksincha, 
individualistik manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi. Shu sababli, jamoat 
birlashmalari tomonidan olib boriladigan nazorat o‘zining xolisligi bilan ahamiyatli 
hisoblanadi. Bundan tashqari, keyingi vaqtlarda dunyo ilmiy jamoatchiligi 
tomonidan davlat organlari tomonidan olib boriladigan nazoratning xarakteri haqida 
ham o‘ziga xos fikrlar bildirilayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, keyingi 
paytlarda xorij adabiyotlarida nazoratning xolisligini, obyektivligini ta’minlash hal 
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, nazorat alohida uch hokimiyat 
tarmog‘idan mustaqil bo‘lgan nazorat hokimiyati tomonidan amalga oshirilishi 
kerak, shundagina nazorat samarali va xolis bo‘ladi, degan fikrlar shakllanmoqda va 
ilgari surilmoqda[20; 111-b.]. 
− 
jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi;
Izoh: 
keyingi vaqtlarda davlat boshqaruvida xalq ishonchini kiritish tizimini 
rivojlantirish, boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini 
kuchaytirish, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad − xalq roziligiga erishish kabi 
tamoyillarga alohida e’tibor berilmoqda[104]. Albatta bu tabiiy holdir. Chunki, 
jamoatchilik nazoratini kuchaytirish – davlat organlari faoliyatida qonuniylikni 
ta’minlashning ishonchli mexanizmi hisoblanadi. Ammo, masalaning murakkabligi 
shundaki, jamoatchilik nazorati natijasida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning 
haqchilligini ta’minlash muammosi ham mavjuddir. Shu bois, biron-bir olingan 
ma’lumotni to‘g‘ri deb baholash uchun u kamida uch manba tomonidan to‘la 
tasdiqlanishi zarur[13]. Bu nimani anglatadi? javobi shuki, jamoatchilik nazoratini 
olib boruvchi institutsional tizim subyektlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar 
bazasi − axborotning realligi va ta’sirchanligini oshishiga xizmat qiladi. 
− 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin