Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Uchinchi davr. 
Bu davrda ijtimoiy fikr, jamoatchilik fikri, boshqaruv shakli, 
nazorat tizimi, ularni amalga oshirish mexanizmlari borasidagi qarashlar yangi 
bosqichga ko‘tarildi. Jamoatchilik nazoratini ta’minlovchi metodologik qarashlar 
rivojlandi. Ushbu tushunchaga kategoriya sifatida qarash, uning mohiyatini, kuch 
qudratini ko‘rsatuvchi omillarni topishga bo‘lgan urinishlar natijasida, jamoatchilik 
nazorati to‘g‘risidagi mukammal konsepsiyalar yuzaga keldi. Quyida shularning eng 
ahamiyatlilarida ilgari surilgan g‘oyalar va ular o‘rtasidagi farqlarning falsafiy tahlili 
keltirib o‘tiladi: 
XX asr oxiri, XXI asr boshlaridan davlat boshqaruvi sohasida jamoatchilik 
nazorati tushunchasiga yangicha yondashuv izchillik bilan kirib keldi. Xususan, 
Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya hamda Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi 
boshqaruv tuzilmalarida jamoatchilik ishtiroki, boshqaruvi va nazorati 
mexanizmlarida o‘ziga xos uslublarning qo‘llanila boshlashi fonida, davlat organlari 
faoliyatiga nisbatan jamoatchilik munosabati ham o‘zgarib bordi[104]. Bu davrdan 
boshlab jamoatchilik nazorati metodologiyasida quyidagi tamoyillar ustuvorligi 
oshdi: 
− Davlat boshqaruvi, sud hokimiyati va qonun chiqaruvchi hokimiyat 
organlari, shuningdek, xalq ham bevosita yoki ixtisoslashtirilgan organlar orqali 
barcha organlar, muassasalar va davlat organlari faoliyati ustidan nazorat, rahbarlik 
va nazorat qilish vakolatini amalga oshirishi mumkinligi borasidagi g‘oyalar ilgari 
surilgan konsepsiyalar ishlab chiqish; 
− jamoatchilik nazoratini oshirishdan maqsad − ma’muriyatning davlat 
boshqaruvi tamoyillari asosida ish olib borishini ta’minlash, ijro hokimiyatini o‘ziga 
berkitilgan mas’uliyatni vijdonan bajarishiga erishish; 
− Davlat boshqaruvida ikki tamoyilni qo‘llash borasida takliflar ilgari surila 
boshladi. Birinchisida boshqaruv organlari faoliyati sud va qonun chiqaruvchi 


45 
hokimiyat tomonidan nazorat qilinishi, ikkinchisi saylangan fuqarolardan iborat 
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim samaradorligini oshirishga 
qaratilgan amaliy ishlar; 
− Yevropa davlatlari boshqaruvida siyosiy nazorat sifatida ham jamoatchilik 
nazoratiga ehtiyoj shakllangan. Masalan, Milliy Kongress, qonun chiqaruvchi 
assambleyalar, shahar kengashlari yoki qo‘mitalari kabi siyosiy institutlar 
tomonidan davlat ishlarini boshqarish[14; 43-52-r.] bo‘yicha turli konsepsiyalar 
ilgari surilmoqda. 
Janubiy sharqiy Osiyo mamlakatlari davlat boshqaruvida jamoatchilik 
nazoratiga berilayotgan imkoniyatlar: 
− fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya 
etilishini ta’minlash; 
− davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni 
ta’minlash; 
− fuqarolarning davlat faoliyatiga nisbatan ishonchi darajasini oshirish, 
shuningdek davlatning fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan o‘zaro 
hamkorlikda faoliyat yuritishin ta’minlash; 
− ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olish va hal etishga ko‘maklashish; 
− inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamoat birlashmalari va 
boshqa nodavlat va notijorat tashkilotlarining huquq va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini amalga oshirish; 
− qonunlar asosida muayyan ommaviy vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat 
hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat va munitsipial 
tashkilotlar, boshqa organlar hamda tashkilotlar faoliyatining ochiq va oshkoraligini 
ta’minlash; 
− davlat organlari va jamiyatning o‘zini tiyib turish va manfaatlar muvozanati 
tizimini ta’minlash; 
− davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga rioya 
qilmaslik holatlarini aniqlash va keng jamoatchilikni xabardor qilish, ularni 


46 
jamoatchilik yordamida bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy adolat prinsipini qo‘llab 
quvvatlash va rag‘batlantirish[17; 25-32-r.]. 
Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi davlat 
boshqaruvi organlari faoliyati ustidan nazorat o’rnatish tizimini takomillashuviga 
erishishga qaratilgan islohotlar: 
− Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining 
ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik intitutlari nazoratini amalga oshirishning 
tizimli va samarali huquqiy mexanizmini yaratishga qaratilgan “O‘zbekiston 
Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish fursati 
yetdi[9; 46-b.] −deb, Islom Karimov − mamlakatda demokratik islohotlarni yangi 
bosqichga olib chiqish, xalq va davlat organlari o‘rtasidagi umumiy manfaatlarga 
xizmat etuvchi tizimni yaratish, “jamoatchilik fikri”, “jamoatchilik boshqaruvi”, 
“jamoatchilik nazorati”[104] kabi kategoriyalarga tayangan holda o‘z ish faoliyatini 
olib boruvchi institutlarini rivojlantirish zaruratini asoslab berdi. 
− O‘zbekiston prezidenti tomonidan barcha davlat organlari qoshida faoliyat 
olib boradigan jamoatchilik kengashlari tashkil etish taklifi kiritildi. Mazkur 
jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlaydigan, 
ularni aholi bilan bevosita bog‘laydigan ko‘prik vazifasini bajarishi lozimligini 
ko‘rsatuvchi “ishlash mexanizmi” belgilab berildi[4; 36-b.]. 
− O‘zbekistonda davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlarda jamoatchilik 
nazoratini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish tizimi rivojlanmoqda. Xususan, jamoatchilik 
boshqaruvi takomillashtirildi, xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlari joriy 
etilmoqda, shuningdek, jamoatchilik nazorati institutining mahalla elementining 
jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyat samaradorligi oshirildi; 
− davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, iqtisodiyot, bank-
moliya sohasi idoralari, kommunal xizmat, ichki ishlar, tashqi ishlar, ta’lim-tarbiya, 
sog‘liqni saqlash, sud-huquq tizimining parlament va mahalliy kengashlarda hisobot 
va axborot berish tartibining yo‘lga qo‘yilishi orqali jamoatchilik nazoratini amalda 
joriy etishga erishildi; 


47 

jamoatchilik oldida hisobot berish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish 
vazifalarini so‘zsiz amalga oshirish maqsadida joylarda ishlarni tashkil etishning 
“mahalla – tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili asosidagi yangi tizimi 
joriy etildi[81; 4-45-b.]. 
Bugunga qadar mamlakatimizda xalq manfaatlariga xizmat etuvchi 
demokratik boshqaruv tizimini yaratish, davlat boshqaruvida xalq ishtirokini 
oshirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati institutini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat islohotchiligida 3 ta konseptual asos ishlab 
chiqilib, ijtimoiy hayotga tadbiq etilmoqda.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin