Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Ikkinchisi,
jamiyatning ijtimoiy hayotida korrupsiyaga qarshi immunitetni 
shakllantirishga erishish zarur. Chunki, huquqiy davlatda konstitutsiyaviy qonun 
ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borishda davlat 
idora tashkilotlari va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va 
shaffoflikka erishish orqali demokratik tamoyillar ustuvor bo‘lgan jamiyat qurish 
mumkin[104]. Bu mexanizmni yo‘lga qo‘yishda albatta, jamiyatdan 
(xalq va davlat 
organlarida) 
chuqur istak va xohish bo‘lishi talab etiladi. Aslida, jamoatchilik 
nazorati orqali korrupsiyaga barham berish mumkin bo‘ladi. Chunki, davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, oshkoraligi va 


55 
shaffofligini ta’minlashdagi eng samarali mexanizm bu jamoatchilik nazorati 
hisoblanadi[28; 47-b.]. Ammo, bugungi jamiyatimizda davlat organlari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini olib boruvchi fuqarolik jamiyati institutlarining 
(jamoat va nodavlat tashkilotlar, fuqarolar uyushmalari va idoralari)
xalq bilan 
uzviylikda ishlash tizimida bir qator ijtimoiy muammolar ham mavjud bo‘lib, 
bularni bartaraf etmasdan turib, davlat organlari faoliyati ustidan ta’sirchan 
jamoatchilik nazoratini o‘rnatish mushkul kechadi[104]. Masalan, bugungi kunda 
aksariyat fuqarolik institutlari xalq bilan ijtimoiy muloqotni amalga oshirishdagi 
kamchiliklari, xususan davlat organlari va fuqarolar o‘rtasida bog‘lab turuvchi 
“ko‘prik”ni yarata olmayotganligi natijasida − davlat organlari faoliyatidagi 
muammolarni aniqlash hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini 
himoya qilish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda[101]; 
ikkinchidan,
jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan
fuqarolik institutlarini jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib 
chiqish masalalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashishi, jumladan fuqarolarning 
qonun hujjatlarini takomillashtirishga va jamiyatdagi muammolarni hal qilishga doir 
takliflariga beparvo munosabatda bo‘lish holatlari, davlat organlari faoliyatining 
samaradorligini oshirishga hamda davlat va xalq o‘rtasida “muloqot maydoni”ni[82] 
shakllantirishga to‘sqinlik qilmoqda; 
uchinchidan,
fuqarolik jamiyati institutlarining axborot berish bazasida 
fuqarolarda davlat organlari faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot olish 
imkoniyatining yo‘qligi, ko‘pchilik hollarda ularga bunday axborotni taqdim etish 
asossiz ravishda rad etilayotganligi xalqning bunday fuqarolik instituti organlariga 
bo‘lgan ishonchini pasaytirmoqda[82]; 
to‘rtinchidan,
xalq nomidan faoliyat olib boruvchi institutlarning aksariyat 
bo‘g‘inida davlat organlari faoliyatida sog‘lom ishchanlik muhitini va qonuniylikni 
joriy etishga, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning lozim darajada amalga oshirilmasligi, ular tomonidan o‘z vakolatlarini 
suiiste’mol qilish holatlarining ko‘payishi, fuqarolarning huquqlari buzilishi, davlat 
organlari xodimlari xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar sonining ortishi va 


56 
aholining davlat organlari faoliyatidan noroziligi kuchayishi uchun shart-sharoitlar 
yaratmoqda[82]. 
Demak, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi korrupsiya illatlariga qarshi 
kurash uchun, faqatgina jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali mavjud 
muammoga yechim topilmaydi. Balki, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi 
institutsional tizim samaradorligini ham ta’minlash kerak bo‘ladi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin