74
huquqlariga har qanday shaklda tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaslik hamda amalga
oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini so‘zsiz
ta’minlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik
jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy
etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirishga
alohida urg‘u berilgan[82]. Xususan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat
organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga to‘liq
muvofiq bo‘lishini ta’minlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish;
− jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi
ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng
ommaga yetkazish, har bir fuqaro va mansabdor shaxslarda Konstitutsiya va
qonunlarga hurmat hissini shakllantirish;
− Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda davlat idoralari faoliyati
ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil va xolis
ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini
yanada rivojlantirish;
− Davlat va jamiyat boshqaruvida, davlat organlarining kundalik faoliyatida
ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi
organlarni xalq manfaati yo‘lida xizmat qiladigan idoralarga aylantirish;
− fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini monitoring qilish
mexanizmlarini takomillashtirish;
− inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga
qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks choralar tizimini yaratish;
− qonunchilikka va davlat organlari, xususan, huquqni muhofaza qiluvchi
organlarning amaliy faoliyatiga inson huquq va erkinliklari sohasida xalqaro
standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini
oshirish[82] masalalari, jamoatchilik nazoratini olib vakolatiga ega subyektiv
institutlar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun konstruktiv asos hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: