Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


II.3§ Jamoatchilik nazoratini ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

II.3§
Jamoatchilik nazoratini ta’minlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy 
motivlar, huquqiy mexanizmlar hamda amalga oshiruvchi usul-vositalar. 
Bugungi zamonaviy dunyoda – inson omilining o‘sishiga turtki bo‘luvchi, 
jamiyatda shaxs erkinligi, huquq va mas’uliyatini oshishiga olib keluvchi 
motivatsion tamoyillar rivojlanib bormoqda. Xususan, davlat boshqaruviga nisbatan 
ham fuqarolarning shaxsiy pozitsiyasi, qarashlari takomillashib, ularda o‘zini 


78 
qurshab turgan olamga nisbatan daxldorlik tuyg‘usi oshmoqda. Buning natijasida, 
“davlat ishlariga aralashma” yoki “siyosatga aralashma” kabi aqidalar o‘rniga, “xalq 
davlat idoralariga emas, aksincha, davlat idoralari xalqqa xizmat etishi kerak” 
tamoyili qaror topmoqda[104]. 
Umuman olganda davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati 
mexanizmining yuzaga kelishi 
birinchidan,
nodavlat notijorat tashkilotlari hamda 
fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirishning barcha turlarida nodavlat notijorat tashkilotlari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganligini 
ko‘rishimiz mumkin[104]. 
Ikkinchidan,
har qanday murakkab sharoitda ham adolat tamoyiliga, o‘zining 
hayotiy va ijodiy prinsiplariga sodiq qolish, odamlarni qiynayotgan kamchilik va 
muammolarni dadillik bilan ko‘tarib chiqish, ularni bartaraf etish uchun 
jamoatchilik fikrini shakllantirishga[80], davlat organlari faoliyati ustidan kuchli 
jamoatchilik nazoratini olib borishga yo‘naltirilgan ommaviy axborot vositalari 
funksiyalarining oshib borishi “fonida” OAV – 
“To‘rtinchi hokimiyat”
maqomiga 
ega bo‘lib bormoqda. 
Uchinchidan,
jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizimning 
huquqiy mavqeini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilikning rivojlanishi 
natijasida 
(masalan, 2018 yilda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni qabul qilindi)
, jamoat birlashmalari, ya’ni o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, kasaba uyushmalari, 
ijtimoiy fondlar, Federatsiyalar, OAV va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining 
faoliyatida erkinlik, adolatlilik, shaffoflik, xalqparvarlik kabi prinsiplarning 
birmuncha oshganligida ko‘rishimiz mumkin[82]. Ammo hanuz fuqarolik jamiyati 
institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish 
tizimida “siz nima deysiz” qabilida ish yuritish nuqsonlari uchrab turmoqda. Albatta, 
ularning bunday illatlardan forig‘ bo‘lishiga, o‘z faoliyatini, kasbini vijdonan 
bajarib, xalq 
(jamiyat)
manfaatlarini “tor doira” qarashlaridan ustun qo‘yishiga 


79 
to‘siq bo‘lib kelayotgan omillar mavjud. Masalan, bularga quyidagilarni kiritish 
mumkin: 
− sansolarlik, byurokratik to‘siqlar. Bu jarayonni yuzaga keltiruvchi asosiy 
muammolarning birinchisi – siyosiy sohaning jamiyat hayotining boshqa 
jabhalaridagi o‘zgarishlardan, yangilanishlardan ortda qolib ketishi bilan belgilansa, 
ikkinchisi − fuqarolik jamiyatining rivojlanish holati, siyosiy elitaning umumiy 
darajasi va sotsiumning siyosiy madaniyati demokratik islohotlar shiddatiga tayyor 
emasligi bilan o‘lchanadi[31; 21-b.]; 
− davlat organlari tomonidan jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxslarning 
ishonchli vakillarini qabul qilish tartibini “qiyinligi”, ya’ni xonalariga fuqarolar 
hech qanday to‘siqsiz kirib chiqishlari uchun shart-sharoitlarning yetarli emasligi; 
− fuqarolarning huquqiy erkinliklari, va qonuniy manfaatlari buzilishi, 
fuqarolarning qonunda belgilangan huquq va erkinliklarini amalga oshirilishiga turli 
to‘siqlar qo‘yilishi, insonga qonunga xilof ravishda biron-bir majburiyat yuklatilishi 
yoki u qonunga xilof ravishda javobgarlikka tortilishiga olib kelgan davlat organlari 
va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarining buzilishi, 
shuningdek, ularning o‘z xizmat vazifalarini bajarishda byurokratik va 
sovuqqonlik[32; 8-b.] munosabatida bo‘lishi; 
− shuningdek, jamoatchilik nazorati subyektlarining bir tomondan, nisbatan 
faolsizligi, ikkinchi tomondan, aholi keng qatlamlari ongida jamiyat huquqiy 
taraqqiyotining tizimli hamda maqsadga muvofiq rivojlanishiga jiddiy xavf 
tug‘diruvchi hamda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksalishiga to‘siq 
bo‘luvchi salbiy hodisalarning mavjudligi, masalan − huquqiy nigilizmning[32; 
233-b.] mavjudligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan bunday salbiy illatlarga qarshi 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin