Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


III-BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI TA’SIR KUCHINI OSHIRUVCHI



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

III-BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI TA’SIR KUCHINI OSHIRUVCHI 
IJTIMOIY-HUQUQIY MEXANIZMLARNI DEMOKRATLASHTIRISH 
TAMOYILLARI 
Dissertatsiyaning uchinchi bobida dunyoda, xususan mamlakatimizda huquqiy-
demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonini jamoatchilik nazorati imkoniyatlaridan 
unumli foydalanishsiz adolatli, xalqparvar jamiyatni barpo etib bo‘lmasligi, bu yo‘lda jahon 
tajribasini inobatga olgan holda jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatini yangi bosqichga 
ko‘tarish zarurati, ayniqsa, milliy qonunchiligimizda ishlab chiqilayotgan jamoatchilik 
nazoratiga 
oid 
normativ-huquqiy 
hujjatlarning 
ijtimoiy-huquqiy 
tomonlarini 
takomillashtirishga alohida urg‘u berish zarurati asoslangan. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqot 
natijalari “Jamoatchilik nazoratini olib boruvchi institutsional tizim faoliyatini 
ijtimoiy-huquqiy kafolatlash va turkumlashtirish tamoyillari”, “Jamoatchilik 
nazorati ta’sir kuchini baholashning matematik mezonlari”, “Jamoatchilik nazoratini 
demokratik tamoyillar asosida rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari” nomli 
paragraflarda o‘z aksini topgan.
Ishning ushbu qismida aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha 
o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘lmish mahalla imkoniyatlari orqali kuchli 
jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish mumkin. Buning uchun, xalq bilan davlat 
o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” vazifasini o‘tovchi mahallaning huquqiy maqomidan 
kelib chiqqan holda quyidagi ijtimoiy-huquqiy “yacheykalarini” takomillashtirish 
zarurligi ta’kidlanib, uning qator vazifalari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ushbu 
bobning ikkinchi qismida “Jamoatchilik nazorati ta’sir kuchini baholashning 
matematik mezonlari” ishlab chiqilgan hamda tavsiyalar ko‘rsatilgan. 
Bobning uchinchi paragrafida Jamoatchilik nazoratini demokratik tamoyillar 
asosida rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatilib, uning yangi O‘zbekistonning kelgusi 
taraqqiyotidagi istiqbollari ijtimoiy-falsafiy asoslab berilgan. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin