Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ds


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/82
tarix11.10.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#129960
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
Babajanov.S Dissertatsiya. 10.01

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi.
Tadqiqotning asosiy natijalari 3 ta 
xalqaro va 6 ta respublika ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlarida 
muhokamadan o‘tkazilgan. 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 25 
ta ilmiy ish, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 
dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 
8 ta (xususan, 6 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda) maqola chop qilingan. 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya kirish, to‘qqizta paragrafni 
o‘z ichiga olgan uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 
Dissertatsiyaning hajmi 133 betni tashkil qiladi. 


12 
I-BOB. JAMOATCHILIK NAZORATI TUSHUNCHASI, 
IMKONIYATLARI, NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI 
Yangilanayotgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar 
samaradorligi ko‘p jihatdan jamoatchilik nazoratiga bog‘liqligi oddiy haqiqat.
Jamoatchilik nazoratining mazmuni-mohiyati, shakllari va uslublarini qanday 
holatlarda namoyon bo‘lishining nazariy hamda amaliy jihatlarini tadqiq etish 
bugungi kun olimlari oldida turgan dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan, 
ushbu Dissertatsiya ishi jamoatchilik nazorati, uning ijtimoiy ahamiyati
jamoatchilik 
nazoratini 
ta’minlashning ijtimoiy-huquqiy mexaniyazmlari 
masalasiga bag‘ishlangan.
Ishning ushbu bobi “Jamoatchilik nazorati tushunchasi, elementlari, 
funksiyalari va prinsiplari”, “Jamoatchilik nazoratini ta’minlash zaruratini yuzaga 
keltiruvchi omillar”, “Jamoatchilik nazoratini asoslovchi ilmiy-nazariy 
konsepsiyalar klassifikatsiyasi”ni o‘z ichiga olgan uchta paragraf doirasida 
jamoatchilik nazorati tushunchasi, uni harakatga keltiruvchi obyektiv va subyektiv 
imkoniyatlarning ijtimoiy-falsafiy mazmun mohiyati ijtimoiy makon va tarixiy 
zamon, alohidalik, maxsuslik va umumiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun, 
imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar nuqtayi nazaridan ilmiy-nazariy tahlil 
qilingan. Ishning ushbu bobi birinchi qismida jamoatchilik nazorati tushunchasi, 
uning ijtimoiy muammolarni aniqlash va yechimidagi imkoniyatlar, ijtimoiy 
hayotda namoyon bo‘lishi hamda xususiyatlari yoritib beriladi. Ikkinchi qismida 
jamoatchilik nazoratini ta’minlash zaruratini yuzaga keltiruvchi omillar tahlil 
qilinib, unda jamoatchilik nazoratining ijtimoiy zarurati ko‘rsatib berilgan.
Uchinchi qismida jamoatchilik nazoratini asoslovchi ilmiy-nazariy konsepsiyalar 
klasifikatsiya qilingan hamda ularning ijtimoiy ahamiyati asoslab berilgan. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin