Yuqorida keltirib o‘tilgan ilmiy-nazariy xulosalar asosida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. Barcha shakldagi jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatida funksional
integratsiyalashuvni yuzaga keltiruvchi ijtimoiy-huquqiy mexanizmga asos
bo‘luvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarur. Bu qonun orqali uzluksiz
jamoatchilik nazorati tizimini rivojlantirish va bu yo‘nalishdagi institutlar faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi konsepsiyani ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
2. “Xalq qabulxonalari” huzurida − davlat organlari faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati qay darajada olib borilayotganligini analiz-sintez qilib
boruvchi sotsiometrik tadqiqot markazini ochish zarur. Bu markaz orqali
jamoatchilik nazoratini olib borish vakolatiga ega bo‘lgan institutsional tizim
elementlari tomonidan qo‘llanilayotgan metodlar tahlil etilib, ular faoliyatini yanada
jonlantiruvchi metodologik mexanizmlarni ishlab chiqish yo‘lga qo‘yiladi.
3. Jamoatchilik nazorati borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada
takomillashtirish maqsadida “Jamoatchilik nazoratini tashkil etish mexanizmlari”
136
nomli o‘quv fan tarmog‘ini joriy etish va ta’lim tizimiga transformatsiya qilish zarur.
Chunki, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirishga qaratilgan
davlat bosh islohotchiligining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik ongiga
singdirilishi qiyin kechmoqda.
4. So‘z. fikr erkinligi kafolatlari qonunan yanada mustahkamlash hamda
ochiqlik va oshkoralik islohotlarini yanada kuchaytirish maqsadida jamiyatda
jamoatchilik nazorati subyektlarining faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadigan
davlat dasturini ishlab chiqish lozim.
5. jamoatchilik nazorati orqali yechimi topilgan masalalarni ommaviy
nashrlar orqali yoritish maqsadida “Jamoatchilik nazorati” jurnalini joriy etish.