Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat unversiteti tarix fakulteti



Yüklə 299 Kb.
səhifə1/8
tarix25.05.2022
ölçüsü299 Kb.
#116239
  1   2   3   4   5   6   7   8
tLYAYOV FAYOZ




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX YO‘NALISHI 4-BOSQICH TALABASI
TLYAYOV FAYOZ
O’ZBEKISTON DAVLAT MUASSASALARI TARIXI” FANIDAN
QO’QON XONLIGIDAGI UNVON VA MANSABLAR” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI

T oshkent – 2022

REJA:
Kirish..............................................................................................3-5-bet
I – bob. Qo’qon xonligidagi unvon va mansablar

    1. Harbiy va harbiy-ma’muriy unvon va mansablar ...............5-12-bet

    2. Saroy unvon va mansablari ...............................................12-17-bet


II – bob. Qo’qon xonligidagi Diniy mansablar


    1. Diniy mansab va unvonlar...............17-20-bet

    2. Qozixonadagi unvon va mansablar.............20-22-bet

Xulosa..............................................................................................23-bet
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................24-bet

Kirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o`zgarishlar yuz berdi. O`z mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotini amalga oshira olmagan bo`lsada, o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu tarix sahifalari xalqimizning boy o`tmishini bizgacha yetkazib bera olgan qo`lyozma asarlarimiz va xalqimizning xotirasi edi. Ma`naviy hayotning ajralmas qismi bo`lgan tarixga yangicha ko`z bilan, xolisona, ilmiy jihatdan hech bir mafkuraviy aqidasiz yondashish imkoniyati bo`ldi. Avvalo, tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo`yildi. ― Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi‖, - deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov.1 Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligini tarixi o‘rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi davlatchiligimizni ilmiy nuqta‘i nazardan asoslangan tarixini yaratishdir, - deb ta‘kidlaydi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov2. Albatta yuqorida ta`kidlanganimizdek mustaqillik biz uchun, tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib beradi. O`tgan yaqin yillar oralig`ida ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi. Respublikamizda va xorijda minglab nusxalarda


Bu ham tariximizning boy o`tmishiga va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. O`zbek davlatchiliginining uzviy bo`lagi bo`lgan Qo`qon xonligi va undagi unvon hamda mansablar ushbu tarixiy qo`lyozma va manbalar asosida aniq dalillarga tayangan holda ochib berish,tahlil qilish tarix fani uchun dolzarb ahamiyatga egadir. Yuqorida fikrlardan kelib chiqqan holda biz tanlagan kurs ishining qo`yilgan muammosi ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 299 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin