Sharq va g'arb falsafasida inson masalasi reja: Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi



Yüklə 103,61 Kb.
səhifə7/9
tarix05.11.2022
ölçüsü103,61 Kb.
#119026
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sharq va g\'arb falsafasida inson masalasi reja

«Praksiologiya» (yunon. «praktikos» – «faol») – falsafaning inson faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘limlaridan biri. Faoliyat tushunchasi inson borlig‘ining tabiati va mohiyatini, uning shaxsiy imkoniyatlari, ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini, inson ma’naviy dunyosi va moddiy amaliyot jabhasini teranroq tushunish imkonini beradi. Inson faoliyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, hayvonlar faolligidan butunlay farq qiladi. U individ va umuman jamiyat borlig‘ining alohida usuli hisoblanadi.
Faoliyatning atributlari. Inson faoliyati o‘ta rang-barangdir. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, faoliyat turlarini tasniflash uchun asos bo‘lib uning inson tomonidan o‘zgartiriladigan ob’ekt: tabiat, jamiyat, insonning o‘ziga qaratilganligi xizmat qiladi. Faoliyat atributlari (xossalari) faoliyatni motivlashtirish va amalga oshirish mexanizmlarini tavsiflaydi. Faoliyat atributlari orasida, avvalo, sub’ektlilik va moddiylik qayd etiladi.
Sub’ektlilik va moddiylik. Faoliyatning sub’ektliligi shu bilan izohlanadiki, u shaxsning o‘tmishdagi tajribasi, uning ehtiyojlari va mo‘ljallari, motivlari va maqsadlari, emotsiyalari va irodasini tavsiflovchi xususiyatlari, bilish qobiliyatlari va hokazolar bilan belgilanadi. Faoliyatning moddiyligi insondan tashqarida joylashgan va uning qo‘li bilan o‘zgartiriladigan tabiat va jamiyat kuchlariga qaratilganini anglatadi. Ammo insonning o‘zi, uning o‘z-o‘zini kamol toptirishi, o‘z-o‘zini tarbiyalashi va shaxs o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarga erishishga qaratilgan tegishli harakatlar ham o‘zgartirish faoliyatining predmeti bo‘lishi mumkin. Inson faoliyati mehnat qurollari yordamida amalga oshiriladi. Uning hayvonlar faolligidan asosiy farqlaridan biri qurollilik hisoblanadi. «Quruq qo‘l ham, o‘z ixtiyoriga tashlab qo‘yilgan aql ham katta kuchga ega emas, – degan edi F.Bekon. – Ish qo‘lga ham, aqlga ham kerak bo‘lgan qurollar va vositalar yordamida bajariladi»9.
Faoliyatni tartibga solish mexanizmlari. Faoliyatni tartibga solishning umumiy mexanizmlari qatoriga insonning dunyoga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladigan va madaniyat algoritmi bo‘lib xizmat qiladigan rang-barang ijtimoiy qadriyatlar va me’yorlarni kiritish lozim. Xulq-atvor, odatlar va an’analarning ijtimoiy-madaniy me’yorlari, qoidalarining mavjudligi va rivojlanishi inson faoliyatini tartibga solish omili hisoblanadi. Me’yorlar muayyan sharoitda odamlar o‘zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi va inson faoliyatida bevosita ishtirok etib, ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga shaxsning moslashuvini ta’minlaydi, ijtimoiy jarayonning uzluksizligini ta’minlovchi mexanizm hisoblanadi. Mazmuni, ijtimoiy mustahkamlash usullari va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra me’yorlar har xil bo‘ladi.
Faoliyat maqsadlari, vositalari va usullarini qat’iy belgilovchi qoidalarning butun bir turkumi mavjud. Bu qoidalar ijtimoiy amaliyotda yaratilgan narsalar dunyosini va odamlar o‘rtasidagi munosabatlar dunyosini o‘zgartirish usullarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bular standartlar – muayyan ishni bajarishda qat’iy rioya qilish lozim bo‘lgan sifat, shakl va o‘lchamning qat’iy belgilangan namunasi; qoidalar – tegishli holatlarda qanday ish ko‘rish lozimligini belgilovchi ko‘rsatmalar; etalonlar – faoliyatda mo‘ljal sifatida foydalanish lozim bo‘lgan qat’iy belgilangan, standartlashtirilgan qadriyatlardir.
Inson faoliyatini tartibga solishni ta’minlovchi ijtimoiy me’yorlar tizimida huquq normalari va axloq me’yorlari alohida o‘rin egallaydi.

Yüklə 103,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin