Sharqshunoslik



Yüklə 68,07 Kb.
səhifə3/7
tarix05.11.2022
ölçüsü68,07 Kb.
#119005
1   2   3   4   5   6   7
Karl popperning ijtimoiy-falsafiy

Kurs ishning obyekti va predmeti. Kurs ishining obyekti – XX asr G‘arbiy Yevropadagi postpozitivizm falsafasi.
Kurs ishining predmetini esa Karl Popperning ijtimoiy-falsafiy qarashlari tashkil etadi.
Kurs ishi mavzusining yangiligi. Karl Popperning ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ asaridagi ijtimoiy-falsafiy qarashlari, uning falsafa tarixi davrlari va qadimgi faylasuflarning davlat to‘g‘risidagi fikrlari, u ilgari surgan ijtimoiy fikrlari va g‘oyalarining bevosita ingliz va rus tilidan tarjima qilinganligi, hamda kurs ishi darajasida tahlil qilinganligi jihatidan yangi tadqiqot va izlanish hisoblanadi.
Mavzu doirasida asosan ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ ning ingliz va rus tillaridagi nusxalaridan foydalanildi va ular qiyosiy o‘rganildi.
Tadqiqot natijalarining ahamiyati. Bugungi kunda butun dunyo tarixi, turli xalqlarda mavjud bo‘lgan jamiyatlar, ular haqida turli olimlarning bildirgan fikrlarini dunyo faylasuflari asarlaridan bevosita tarjima qilish orqali o‘rganish
muhim ahamiyatga egadir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, kurs ishi mavzusining ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, XIX – XX asrlarda Yevropadagi tarixiy shart-sharoit, madaniy va ma‘naviy muhitni obyektiv ravishda o‘rganish va tegishli xulosalar berish muhim.
Ikkinchidan, Karl Popperning hayot yo‘li va ilmiy me‘rosini respublikamizda birinchilar qatorida o‘rganish va tadqiq etish.
Uchinchidan, Karl Popperning falsafiy asarlari bilan tanishish, ular haqida umumiy ma‘lumot olish.
Tortinchidan, Karl Popperning ―Ochiq jamiyat va uning dushmanlari‖ asaridagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarini bevosita ingliz tilidan tarjima qilish va tahlil qilish.
Beshinchidan, Karl Popperning falsafa, tarix, ijtimoiy falsafaga oid fikrlarini boshqa faylasuf-olimlarning qarashlari bilan taqqoslagan holda o‘rganish, bu fikrlarning jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilish.
Mazkur ish materiallari oliy o‘quv yurtlari falsafa yo‘nalishi va g‘arb falsafasi mutaxassisligining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun maruza matnlarini, maxsus kurs mavzularini tayyorlashda yordam beradi.

Yüklə 68,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin