- amaliyot boshlanishidan avval amaliyotga yuboriladigan talabalar soni, amaliyot oʻtkazish muddati va amaliyot dasturi haqida Amaliyot ob’yekti boshligʻiga ma’lumot berish;
- institutdan amaliyot rahbari etib tajribali professor-oʻqituvchilardan tayinlash;
- talabalar uchun fan-texnika va madaniyatning sohaga oid eng yangi yutuqlari bilan tanishtirish, ishlab chiqarish, ta’lim fuqaro va mehnat muhofazasi muassasalarida ish yuritish hamda uni ilmiy tashkil etish boʻyicha amaliyot ob’ekti ma’muriyati bilan birgalikda mutaxassislar ma’ruzasini tashkil qilish;
- amaliyot ob’ektini amaliyot dasturlari bilan ta’minlash;
- amaliyot ob’ektida amaliyotni tashkil etish tartibi, oʻtkazilish muddati hamda mazmunini nazorat qilish;
- amaliyotga yuborilayotgan talabalarni amaliyot dasturi bilan tanishtirish.
II. AMALIYOT OB’YEKTINING MAJBURIYATLARI
malaka amaliyotini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish;
malaka amaliyotini tashkil etishga koʻmaklashish, malakali va tajribali mutaxassislar orasidan amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlgan malaka amaliyoti rahbarini tayinlash;
amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish, imkoniyatdan kelib chiqqan holda amaliyotchi talabalarga oylik maoshlar belgilash choralarini koʻrish;
hayot faoliyati va texnika xavfsizligi boʻyicha zaruriy koʻrsatmalar berish, zarur boʻlgan hollarda talabalarga mehnatning xavfsiz usullarini oʻrgatish va bu haqda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
malaka amaliyoti dasturiga muvofiq imkoniyatlardan kelib chiqib talabalarga joriy qilinadigan shart-sharoitlarni yaratish;
talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkoniyatlarini berish;
malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalar malaka amaliyoti oʻtkazishining samaradorligini ta’minlovchi ish joylari sharoitini ta’minlsh;
amaliyotchiga malaka amaliyoti davri davomida moliyaviy imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish masalasini koʻrib chiqish;
tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida institut rektoriga xabar qilish;
talaba malaka amaliyotini oʻtash davrida amaliyot oʻtash joyida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar boʻyicha asosida javobgarlik masalalarini qonunchilik hujjatlari asosida koʻrib chiqish;