malaka amaliyoti boshlanishidan ikki oy oldin talabalar malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturini tasdiqlash uchun taqdim etish;
har bir bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha malaka amaliyoti buyruqlari loyihalarini shakllantirish;
talabalarga malaka amaliyoti hujjatlari majmuasini nashr qilishni tashkil etish va ta’minlash;
talabalarning malaka amaliyotini oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini oʻquv-uslubiy boʻlim, va dekanatlar bilan hamkorlikda tashkil qilish;
qabul qiluvchi tashkilotlarda malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturini bajarilishi, talabalar hisoboti mavjudligining nazorat qilish hamda hisobot himoyasini tashkil qilish;
oliy ta’lim muassasasi Kengashiga malaka amaliyotlari oʻtkazilganligi haqida bir oʻquv yilida bir marta hisobot berish.
malaka amaliyotini oʻtash joylariga talabalami taqsimlashda ishtirok etish;
malaka amaliyotiga ketayotgan talabalarga oldindan malaka amaliyoti oʻtkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur koʻrsatmalar va yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatish;
zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga malaka amaliyoti boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
malaka amaliyotining butun davri uchun talabalarga malaka amaliyoti dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash;
talabalarni malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi hamda kundalik bilan ta’minlash;
talabalatning malaka amaliyoti oʻtash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish;
qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari bilan talabaning malaka amaliyotini oʻtashi holati boʻyicha muntazm ravishda aloqada boʻlish;
malaka amaliyoti muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik toʻldirishining nazoratini olib borish, zarur hollarda uslubiy yordam koʻrsatish ishlarini talabalarning malaka amaliyoti oʻtash joylariga borib koʻrish yoʻli bilan amalga oshirish;
talabalarning malaka amaliyoti hisobotini yozishga koʻrsatma va tavsiyalar berish;
talabalarning malaka amaliyoti boʻyicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash;
malaka amaliyotini oʻtashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda oʻz taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va institut Kengashida koʻrib chiqish uchun) taqdim elish.