malaka amaliyoti dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni reja-jadvaliga muvofiq toʻliq hajmda va sifatli bajarish;
malaka amaliyoti kundaligini har kuni va tartibli yuritish;
institut va amaliyot ob’yektidan tayinlangan malaka amaliyoti rahbarlarining dasturda koʻzda tutilgan ishlarga oid barcha topshiriqlarini bajarish;
hisobotga tegishli hujjatlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirish;
amaliyot ob’yekti xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar va ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish;
malaka amaliyotini oʻtagandan soʻng institutda malaka amaliyoti boʻyicha hisobotini kafedra yigʻilishi bayoni bilan belgilangan muddatda himoya qilish.
VII. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI
- institut va amaliyot ob’yektlari Nizomlariga muvofiq koʻzda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda shartnoma bekor qilinishi mumkin;
- shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish faqat yozma ravishda barcha tomon vakillari ishtirokida amalga oshiriladi;
- tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan holda yoki oʻz vaqtida bajarmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgardirlar.
- tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchilik va muammolar qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda hal etiladi.
VIII. SHARTNOMA MUDDATI
Shartnoma har ikki tomonning imzosi qoʻyilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 2023-yil 4-sentyabrdan 2024-yil 31-maygacha amal qiladi.
Shartnoma 3 nusxada tuzilgan boʻlib, ularning har biri bir xil yuridik kuchga ega, tomonlarning barchasida saqlanadi.