Mehnat insonning mavjudligi va taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Mehnat ijtimoiy muhitni, sub’ektning faoliyatda shakllanishi va uning ehtiyoji, maqsadi, qadriyatlari tizimi hamda hayot mazmunini anglash vositasidir. Mehnat faoliyati jarayonida inson psixikasi namoyon bo’ladi va rivojlanadi, shu bilan bir qatorda inson shaxs sifatida shakllanib, uning yangi qirralari ochilib boradi. Shaxs va faoliyatning murakkab hamda ko’p qirrali aloqalari shaxsning psixik boshqaruvi, shaxs xarakterini determinasiyalovchi funktsiya va tuzilishlarning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, faoliyatning vaqt va makon kabi boshqa maxsus tavsiflari bilan shartlangan.
Shaxsni kasbiy kamoloti
Bu shaxs – faoliyat tizimi munosabatlar dinamikligini ta’minlaydi, ya’ni o’zaro ko’nikish, shaxs komponentlari va faoliyatga adaptasiyasida namoyon bo’ladi. Bu jarayon nafaqat shaxsning psixik komponentlarini faollashishi, faoliyat maqsadi, vazifalari va mazmuniniadek va ta’minlash tizimini shakllanishi bilan cheklanib qolmasdan, shu bilan bir qatorda shaxsning alohida sifat va o’ziga xos jihatlarining shakllanishi bilan muvofiq ravishda kechadi.
Shaxsiyat
Kasbiy shakillanish
Kasbiy yetuklikni mutaxassis shaxsining shakllanishi va mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi jarayoni sifatida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon mehnat faoliyatini boshqarish va amalga oshirish bilan bog’liq, lekin u faqatgina operasional soha taraqqiyoti, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish bilan cheklanib qolmaydi, balkiS.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, B.F.Lomov, A.N.Leontev va boshqalarning tadqiqotlarini guvohlik berishicha, shaxs ijtimoiy xulq-atvorini psixik boshqarishning funksional tizimini shakllanishi bilan bog’liq. Bu jarayonda shaxsning kasbiy kamolotini asosiy qonuniyatlari haqidagi tasavvurlarning taraqqiyoti va turli omillar ta’sirida uning dinamikasini boshqarish muhim rol o’ynaydi, buning natijasida shaxs o’zini kasbiy faoliyat sub’ekti sifatida anglay boshlaydi va kasbining ijtimoiy ahamiyatlilik darajasini tushunadi.
Kasbiy shakillanish
Shaxsning kasbiy shakllanish jarayonida aniq faoliyatning mohiyatini ochish dinamikasidagi maqsadga yo’nalganlik, uning imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kashf qilinishi va uning alohida komponentlari ham datuzilishining o’zgarishini muhim manbasi bo’lib hisoblanadi. Psixologik tuzilish bilan muvofiq adekvat faollikni talab qiluvchi maqsadlar tizimini aniqlash, tanlash, unga erishish va alohida faoliyat komponentlarining mazmuni hamda ko’zlangan natijaga erishish uchun psixik zo’riqqanlikning muvofiqlik darajasi ham mehnat sub’ekti shaxsining psixik taraqqiyoti manbasi bo’lib hisoblanadi.