120
5. industrial jamiyat sivilizatsiyasining qanday xos jihatlari
farqlanadi?
6. Yevropadagi ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida fikrlaringiz?
7. «Sharq» tushunchasining geografik ma’nosidan tashqari yana
qanday tavsiflari bor?
8. podsho xammurapi davlatni qanday boshqargan?
9. hind sivilizatsiyasining noyobligi nimada?
10. xitoy sivilizatsiyasi qanday shakllangan?
11. sharq sivilizatsiyasining kishilik hayoti sohalaridagi o‘ziga
xos jihatlari nimada ko‘rinadi?
12. sharq sivilizatsiyasida qanday o‘ziga
xos iqtisodiy jihatlar
mavjud?
27-§. islomiy sivilizatsiya
islom dini
insoniyat sivilizatsiyasi
tarkibida qadimgi sharq, antik davr bilan
yevropa yangi zamon tarixi oralig‘ida
ko‘pgina xalqlar uchun g‘oyalar va
bilimlarning asosiy manbasi hisoblangan. yaqin sharq mintaqasi
avval ham ikkita yakkaxudolik – iudaviylik va nasroniylik dinining
kelib chiqishiga zamin bo‘lgan edi.
qadimgi yaqin sharqda
xudo bilan aloqada turuvchi
payg‘ambarchilik anchagina tarqalgan edi. buni injildagi
Isay, Iyere-
miya va boshqalarning oldingi payg‘ambarlardan farqli yakkaxudolik,
ijtimoiy tartibot g‘oyalarini ilgari surganligida,
muqaddas joylarga
sig‘inishni shakllantirganligida hamda ko‘pgina ijtimoiy o‘zgarishlarni
boshlab berganida ko‘rish mumkin.
arablar muhitida kelib chiqqan islom dini mintaqaning eng
qadimiy tub joy aholisi hisoblangan semit qabilasining ko‘hna tarixi
bilan bog‘liq.
ilmiy xolislik zaminida turuvchi tadqiqotchilar islom dini kelib
chiqishining shart-sharoitlari to‘g‘risida
gap borganda semitlarning
yaqin sharq sivilizatsiyasida o‘ziga xos ijobiy o‘rin tutganligini
obyektiv ta’kidlaydilar. darhaqiqat, ular orasidan chiqqan akkadiyalar,
amoreylar, xoldeylarning mesopotamiya va, umuman, butun g‘arbiy
Osiyo sivilizatsiyaviy rivojlanishidagi o‘rni fanda ma’lum. arabiston
Dostları ilə paylaş: