124
islom sivilizatsiyasi tarkibida
falsafa
sohasida Antik dunyoda (Suqrot, Aflotun,
arastu) ishlab chiqilgan g‘oyalar omux-
taligida arab tilida ilgari surilgan ta’limotlarda
ilohiy taqdir, iroda
erkinligi kabi masalalar muhokama qilingan.
musulmon adabiyotining yuksak rivojlanishi abbosiy xalifalar
davrida sodir bo‘ldi. to‘g‘ri, islom
diniga qadar ham arablarda,
ayniqsa, og‘zaki adabiyot, ommaviy she’riyat keng tarqalgan.
bular asosida arab adabiy tili qaror topdi. qur’oni
karim qiroatini
egallaganlar tinglovchilarga ta’sir etib, ularni yig‘latish, qahr-g‘azab
uyg‘otish va hokazolarga qodir bo‘lishgan.
abbosiy xalifalarning ko‘pchiligi (masalan,
Xorun ar-Rashid,
al-Ma’mun, Mutavali) saroylarida shoirlar xizmat qilgan.
nasriy
adabiyot namunalaridan biri
«Ming bir kecha» asari hisoblanadi.
arabcha shakldagi she’riyat islomiy hududda keng tarqalgan edi.
keyinroq fors va turkiy tillarda yozilgan adabiyot ma’naviy hayotda
katta o‘rin tutdi. Jumladan, fors shoirlari
Abulqosim Firdavsiy, Umar
Xayyom, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy va boshqalar aruzda ijod qilib
she’riyatning yuksak namunalarini yaratdilar. qasida, doston, ruboiyat
va hokazolar adabiy janr sifatida shakllandi.
Turkiy adabiyot namunalari ham sivilizatsiyaviy maqomda
bo‘lgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning arab tilida yozilgan «Devonu
lug‘otit turk» asarida turkiy tilshunoslik bilan birga og‘zaki she’riy
namunalar, urf-odat qo‘shiqlari, xalq lirikasi,
epik mazmundagi
qismlar, maqolalar va hokazolarning namunalari keltirilgan. asar
keyingi davr ijodkorlari faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
san’atning turlari islomiy muhitda dastlab uncha rivojlanmagan
bo‘lsa-da, keyinchalik imoratsozlikda, bezakchilikda, cholg‘uchilik
va qo‘shiqchilikda ham muayyan qat’iylik darajasi saqlangan holda
jiddiy o‘sish kuzatildi.
sharq musiqaviy asboblari
musulmon ispaniyasida, lotin
amerikasidagi mustamlakalarda tarqaldi va hatto shimoliy amerika
musiqa madaniyati rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shdi.
intellektual faoliyat musulmon dunyosida
tijoratchilar mollaridan kam bo‘lmagan
darajada
baholangan va aholi turmush
tarzida har doim muhim o‘rin tutgan.
Dostları ilə paylaş: