125
«Olimning siyohi, – degan ekan muhammad payg‘ambar, –
azob-
uqubat tortgan inson qonidan muqaddasdir». ko‘rinadiki, islom
an’analarida aqliy mehnat yuqori
baholangan va bu hol diniy
farmoyishlar bilan mustahkamlangan. musulmon olimlar va boshqa
sivilizatsiyalarga mansub mamlakatlarda yaratilgan bilimlarni o‘rganib
saqlab qolganlar, tarjima qilganlar va sharhlaganlar. mustaqil ravishda
o‘z izlanishlarida katta-katta muvaffaqiyatlarga ham erishganlar.
islomiy dunyoqarash va turmush tarzining yuqorida keltirilgan
xos jihatlari ma’naviyatning
ta’lim,
kitobatchilik va
kutubxonachilik,
falsafa, adabiyot, san’at, ilm-fan, tibbiyot kabi sohalariga belgilovchi
ta’sir ko‘rsatdi.
islom mamlakatlarida o‘quvchilar
grammatika, arifmetika,
payg‘ambarlar hayoti tasvirnomalarini ham o‘rganishgan.
hozirgi universitetlar maqomida bo‘lgan
madrasalarning
dastlabkilari x asrda ochilgan edi. xii asrda yaqin sharq va ispaniyada
o‘nlab mashhur islomiy universitetlar faoliyat ko‘rsatgan. ularda
huquq, falsafa, tarix, geografiya, tabiiy fanlar, ilohiyotshunoslik va
she’riyat o‘qitilgan.
arablar 704-yilda
Samarqandda qog‘oz tayyorlash bilan birinchi
marta tanishgan edilar. buning sivilizatsiyaviy tomoni shunda bo‘ldiki,
yozilgan asarlarning narxi arzonlashib, keng tarqaldi, kutubxonalar
vujudga keldi.
xalifalik poytaxti Bag‘dodda chingiziy xulaguxon
bosqini arafasida
36 ta jamoat kutubxonasi, ko‘plab masjidlarda ham
boy kitob jamlamalari bo‘lgan. turli xil kitoblar
Buxoro, Urganch,
Marv kabi shaharlardagi kutubxonalarda ham ko‘plab to‘plangan.
islomiy sivilizatsiya doirasida jiddiy ilmiy ravnaqqa erishildi. bu
tasodifiy emas edi. Qur’oni
karimda «ilm» tushunchasi
750 marta,
«aql» atamasi
50 marta qayd qilingan ekan. yevropaliklar keyinroq
tabiatshunoslik,
tibbiyot, dengizchilik va boshqa sohalarda bu
sivilizatsiyada erishilgan natijalardan ko‘p foydalandilar.
musulmon mamlakatlarida ilm-fan ix–xii asrlarda, ayniqsa, tez
rivojlandi, gullab-yashnadi. arablarda
falakiyotshunoslik bilimlariga
zo‘r ehtiyoj bo‘lgan.
Ptolemeyning «almagest» asari tarjima qilingan,
xoldeylardan qolgan
Xarron shahridagi
observatoriya ishi davom
ettirilgan.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) Yerning o‘z o‘qi atrofida
aylanishi to‘g‘risidagi farazni aytib, uning kengligi va uzunligini aniq
o‘lchadi.
Dostları ilə paylaş: