130
natijasida yaratilgan boyliklar hisobiga kishilar jamoalarini turli
tashkiliy
birliklarda, shu jumladan, jamiyat tarzida uyushtirish va
ularni boshqarish vazifalarini ado etish
uchun zarur miqdordagi
kishilar bilan ta’minlash mumkin bo‘ldi. keyinroq bu jarayon maxsus
boshqaruvni shakllantirdiki, oxir-oqibatda davlat boshqaruvi vujudga
keldi. shuningdek, u jamiyatning muayyan tabaqalanishiga va
aholining urbanizatsiyalashuviga, ya’ni, shaharlar paydo bo‘lishiga
zarur turtki bo‘ldi. bu endi sivilizatsiyaning
kelib chiqishidan dalolat
edi.
bu yerda
protodavlatlarning shakllanishi
manbalarda miloddan avvalgi ix–viii
asr da boshlangani aytiladi. tegishli tar z-
da bu hol ma’naviy hayotda o‘z ifodasini
topgan.
sharqdagi barcha an’anaviy jamiyatlarda bo‘lgani singari
qadimgi turonda ham ijtimoiy munosabatlarda diniy qadriyatlarning
ta’siri kuchli bo‘lgan. mintaqa insoniyatga
zardushtiylik dinini
bergan.
dualistik xususiyatga ega bo‘lgan zardushtiylik dini ko‘p
xudolikdan yakka xudolikka o‘tishda muhim bosqich hisoblangan.
unda odamlarni xudolarga qurbonlik qilish man qilingan. Chunki
inson yashash uchun yaratilgan va shunga ko‘ra uning hayotiga zavol
bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q.
bu dinning payg‘ambari zardusht yagona xudo –
Axura Mazdaga
ibodat qilishni targ‘ib qilib unga oltita oliyjanoblik – haqqoniylik,
donolik,
aqli rasolik, hokimiyat, salomatlik va chidamlilik sifatlari
xosdir, deydi. zardushtiylik dinida havo, yer, suv va olov muqaddas
hisoblangan.
bu din turon doirasidan chiqib
Fors mamlakatida ham keng
tarqalgan. Fors hukmdorlari zardushtiylik ta’limotini ifodalagan
muqaddas «avesto» qismlarini to‘plaganlar.
zardushtiylik dini o‘z ichiga olamning yaxlit qiyofasini ham olgan.
unga ko‘ra olam yulduzlari qavati –
oliyjanob fikrlar, oy yorug‘i –
oliyjanob so‘zlar, quyosh qavati –
oliyjanob ishlar, alohida nur
sohasi – axura mazda va uning yaqinlari makonidan iborat. axriman
podsholigi – do‘zax, jahannam hisoblanadi. ular o‘rtasidagi
oltin
davrdan boshlangan kurash keskin tus olib, halokat bilan yakunlanishi
Dostları ilə paylaş: