131
ham mumkin edi. lekin barcha jarayonlar yana qaytadan boshlanadi
va ezgulikning muqobili – zulmat timsoli bo‘lgan axrimanning
yengilishi bunga olib kelmaydi.
zardushtiylik faol dunyoviy jamiyat tantanasiga ta’sir qiladigan
g‘oya sifatida tavsif etiladi.
zardushtiylik dinining yahudiylar
dini va nasroniylikka ham
tegishli ta’sir ko‘rsatganligi mutaxassislar tomonidan tan olingan.
keyinroq undan
moniylik diniy ta’limoti o‘sib chiqqan.
turonda avlodlar merosiga yuksak darajada sodiqlik an’anasi har
doim ustunligi bilan ajralib turgan.
Jamoachilik kishilar o‘rtasidagi
munosabatlarda muhim hisoblangan.
turonliklar qadimdan qo‘shni xalqlar bilan keng aloqada
bo‘lganlar, ular migratsiyasi yunoniston va misrgacha borgan.
turonda ham oromiy yozuvidan foydalanilgan. keyinroq bu yozuvdan
qadimgi so‘g‘diy, baqtriyaviy, parfiyaviy va xorazmiy yozuvlar kelib
chiqqan.
bu yerdagi xalqlarning iqtisodiy va ma’naviy-madaniy
aloqa-
larni ifodalagan savdo yo‘llari juda qadimdan sharq va g‘arbni
bog‘lagan.
turonda ham sharq mintaqalari aksariyat
qismlarida uchraganidek,
dehqonchilik
va chorvachilik moddiy madaniyat tarz -
lari sifatida yonma-yon mavjud bo‘l-
gan. ya’ni, dehqonchilikka asoslangan hayot tarzi daryolar, ba’zi
joylarda dengiz bo‘ylarida ham rivojlangan.
bu joylar bilan tutash
kengliklardan katta-katta cho‘llar, sahrolar boshlangan. turkistonda
bularni kesib o‘tgan sirdaryo va amudaryo hayot kechirishda
dehqonchilikkagina emas, balki chorvachilik
uchun ham muhim
omillar hisoblangan. boshqa mintaqalardan farq qilib,
bu yerda
hududiy ikkita chegara o‘zaro ajratilmaydi. bu ikki xo‘jalik tarzi
o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan.
sharqqa xos umumiylik –
yerga bo‘lgan ijtimoiy mulkchilik
(yoki davlat mulkchiligi)ning mavjudligidir. xususiy mulkchilikka
juda cheklangan tarzdagina yo‘l qo‘yilgan.
bu yerda ham huquqiy
institutning qator sohalari (masalan, meros huquqi) amalda bo‘lgan.
bunga ko‘ra ota-ona, oila, urug‘ yoki qabila ixtiyoridagi mulk
muayyan holatlarda meros huquqiga ko‘ra taqsimlangan.
Dostları ilə paylaş: