133
islom dini yoyilishining sivilizatsiyaviy
jihati shundan iborat
bo‘ldiki, movarounnahrdagi 20 tacha bekliklarga bo‘linib ketgan
tarqoqliklar o‘rnida xuroson viloyati tarkibidagi nohiya qaror topib,
islomiy sivilizatsiya doirasiga tortildi.
islom dini bir yarim – ikki asr ichida
jahon miqyosida yangi
sivilizatsiyaning qaror topishiga olib kelganligi to‘g‘risida xolis ilmiy
fikrni birinchi bo‘lib ko‘pchilik G‘arb olimlari (masalan, Adam Mets
(1876–1916) o‘zining
«Musulmon renessansi» degan asarida) ilgari
surgan.
tarixiy jarayon kechishiga sivilizatsiyaviy
yondashish tamoyillari talablariga muvo-
fiq Renessans davri yangi sivilizatsiya
boshlanishi tarzida baholanishi mumkin. agar g‘arbda uzoq
turg‘unlikdan keyin antik yunoniston va Rim sivilizatsiyasi yutuqlari
xiv–xvi asrlarda o‘zlashtirilib, uni tiklashni bildirsa va bir marta
kechgan bo‘lsa, hozir markazini O‘zbekiston
davlati egallagan
katta hududda bu jarayon ikki marta –
arabiy-islomiy sivilizatsiya
tarkibida ix–xiii asrlarda va
Temuriylar davrida yuz berib, turon-
movarounnahr hududi muhim makon bo‘lgan edi. buni tarixiy nomi
bilan turkiy sivilizatsiya deyish mumkin. bunda etno-siyosiy zamin
turkiy xalqlar va ularning islomiy davlatchiligi bo‘lgan.
insoniyat
tarixini turkiy xalqlar o‘tmishisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. ularning
yevropa, Osiyo va hatto shimoliy afrika xalqlari taqdiri va tarixida
qanday rol o‘ynagani fanda ma’lum. milodiy birinchi mingyillik
oxirlarida shakllangan ikkita turkiy davlat –
Qarluqlar davlati va
O‘g‘uz davlati o‘zlari tashkil topgan hududlarida turkiy etnosni
birlashtirdilar.
musulmonchilikni qabul qilib, g‘arb va g‘arb-u
Janubga siljishlari bilan butun O‘rta sharq va Old Osiyo xalqlari
hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatdilar.
movarounnahrga tutash bo‘lgan shimoliy va sharqiy hududlarda
sof turkiy davlatlar qaror topganidan so‘ng esa bu yerda ham siyosiy
boshqaruv turkiylar qo‘liga o‘ta boshladi.
ix–x asrlarda
movarounnahr markaziy
Osiyodan chiqqan allomalar
Imom al-
Buxoriy (810–870),
Hakim at-Termiziy
(824–894),
Sulaymon Sijistoniy (817–880)
Dostları ilə paylaş: