137
kurush
1
, makedoniyalik iskandar
2
, sezar
3
,
Chingiz
4
,
napoleon
5
va boshqalarning birontasi yangi sivilizatsiya asoschisi bo‘la ol-
magan.
temurning sivilizatorlik faoliyati ko‘lami
o‘z davri uchun muhim bo‘lgan barcha
sohalarni qamragan edi. muhim siyosiy-
huquqiy va dasturiy manba sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lgan
«temur tuzuklari»da keltirilishicha, davlat boshqaruvi o‘n ikki
tamoyilda amalga oshirilgan:
• «har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim»;
• «adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan
rozi qildim… zolimlardan mazlumlar haqqini oldim»;
• «maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik-ehtiyot-
korlik bilan g‘anim qo‘shinlarini yengib, mamlakatlarini o‘zimga
bo‘ysundirdim. saltanat
ishlarini murosa-yu madora, muruvvat va
sabr-u toqat bilan yurgizdim»;
• «o‘tgan sultonlarning qonunlari va
turish-turmushlarini dono-
lardan so‘rab-surishtirdim. har qaysilarining yo‘l-yo‘riqlari, turish-
turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim
va yaxshi axloqlari, ma’qul
sifatlaridan namuna olib, ularga amal
qildim»;
• olimlar, sipohlar, bahodirlar bilan ittifoq bo‘lib,
mard-u maydon-
ligiga tayanib 30 tacha mamlakat tasarruf etilar ekan – bu ular bilan
qilingan oqilona munosabatlarning natijasidir;
• adolat va insof bilan ish ko‘rib, kishilarga haqqoniyat yuzasidan
muomalada bo‘lish
muhim hisoblangan;
• sayyidlar, ulamo-yu mashoyix, oqil-u donolarni e’tiborli hisoblab,
ularning maslahati bilan davlat ishlarini ta’minlagan;
1
katta
fors davlatining asoschisi, turonda massagetlar bilan jangda
o‘ldirilgan.
2
uning bosqinchilik urushlarida yaratgan davlati vafotidan so‘ng
lashkarboshilari tomonidan o‘zaro bo‘lib olingan.
3
Rimda respublikani yiqitib
imperatorlikni joriy etgan, safdoshlari
tomonidan o‘ldirilgan.
4
bosqinchilik urushlari davomida yo‘lida uchragan barcha yurtni vayron
qilgan.
5
hokimiyatni bir necha marta qo‘lga kiritib, so‘ngra boy bergan va o‘zidan
keyingi avlodidan hech kim hokimiyatda bo‘lmagan.
Dostları ilə paylaş: