Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

«Temur tuzuklari»
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
www.ziyouz.com kutubxonasi


138
• puxta o‘ylab boshlangan ishni azm-u jazm bilan nihoyasiga 
yetkazishga erishgan;
• raiyat ahvolidan doimo xabardor, har bir ulus, xalq va toifa bilan 
lozim darajada munosabatda bo‘lgan;
• saltanat tasarrufidagi turk-u tojik, arab-u ajamning ulug‘ini 
hurmat qilgan, qadriga yetgan, aybiga iqror bo‘lganlarni kechirgan;
• hukmdor mansabning qaysi darajasida bo‘lishiga qaramay 
farzandlar, qarindosh-urug‘, yor-u birodarlarning sodiqlik qilganlarini 
unutmaslikni muhim sanagan;
• boqiy mato bo‘lgan jonlarini foniy dunyoga bag‘ishlagan 
sipohlarni qadrlash, bunda ularning o‘z valine’matlari sodiqligini 
hisobga olish zarur hisoblangan.
islom ma’rifatchiligiga bo‘lgan e’tiborni 
temurning muhim sifatlaridan hisoblamoq 
kerak. islom dini peshvolari shaxsi, ta’li-
motlari, mozor va maqbaralariga alohida e’tibor bergan. Xalifa Ali, 
payg‘ambarning forsiy sahobasi Salmon, Xanafiya mazhabining 
asoschisi imom A’zam ibn Xanafiya, imomlardan Hasan ibn Ali, Muso 
Kozim, Muhammad Toki, Ali ibn Muso, so‘fiylar Abduqodir Jiloniy, 
Ahmad Yassaviy, Zangi ota qabrlari obod qilinib, ziyoratgohlarga 
aylantirilgan.
O‘tmishda biron-bir hukmdor hozirgi jahoniy dinlarning biron-
tasiga ham temurchalik e’tibor bermagan bo‘lsa kerak. bu temuriy 
ma’rifatparvarlik faoliyati insonda va jamiyat miqyosida ma’naviy 
qadriyatlarning salmog‘i va ahamiyatini oshirmasligi mumkin emas 
edi.
ular xurosonlik mashhur ulamo Zayniddin Abu Bakr Toybodiy, 
movarounnahrlik shayx shamsiddin Kulol va Said Baraka. shu-
ningdek, samarqandda o‘z davrida mashhur bo‘lgan ulamolardan 
Abdujabbor Xorazmiy, Bahriddin Ahmad va boshqa taniqli siymolar 
har doim uning e’tiborida bo‘lgan.
temur davlatida samarqand siyosiy poytaxtgina emas, balki ilmiy 
markaz ham edi. bu yerga olim va mutaxassislar olib kelinib ularning 
matematika, me’morchilik, san’atshunoslik va boshqa sohalarda 
faoliyat ko‘rsatishi uchun hamma sharoit yaratib berildi. bu to‘g‘rida 
movarounnahrda bo‘lgan yevropalik sayohatchilar yetarli ma’lumotlar 
qoldirganlar.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin