150
kerak, degan pozitsiyada bo‘lganligi
ham boshlab yuborilgan bu
jarayonga ta’sir ko‘rsata olmadi.
bunday bo‘linish natijasida yevropa mumtoz mustamlaka-
chiligining oltin qoidasi – «bo‘lib tashla, hukmronlik qil» tamoyilidan
foydalanish amalda bo‘ldi. binobarin, shunday yo‘l bilan mustamlaka
ustidan hokimlik qilish oson edi.
sovetlar davrida amalga oshirilgan «milliy hududiy ajralish»
siyosati oqibati o‘laroq tashkil etilgan «ittifoqdosh respublika» va
«muxtor respublika» hamda «milliy okrug»lar to‘g‘ridan to‘g‘ri
mustamlakachilikni xaspo‘shlash uchun qilingan edi.
sovet davlatining
metropoliya sanoati
manfaatini ko‘zlab olib borgan siyosati
iqtisodiy sohada paxta yakka hokimligini
keltirib chiqardi. qurilgan zavod va fabrikalar ham asosan shu tarmoq
bilan bog‘liq edi. ularda ishlagan ishchilar va injener-texnik xodimlar
asosan rus mutaxassislari edi.
agrar sohada olib borilgan
jamoalashtirish oqibati, ayniqsa,
ayanchli bo‘ldi. Chorvachilikka g‘oyat katta ziyon yetkazildi. sug‘orib
xo‘jalik yurgizishga asoslangan tizim O‘zbekistonda an’anaviy
bo‘lib qadimdan bu yurtda hayotni ta’minlab kelgan. shunga
ko‘ra o‘zbeklarni boshqa yurtlarga ochlikdan yalpi ko‘chishi ro‘y
bermagan.
lekin sovet davlati o‘tkazgan eksperimentlar natijasida «qizil
imperiya»ning boshqa joylarida bo‘lganidek,
bu yerda ham bir necha
marta ocharchilik yuz berdi. O‘tgan asr 80-yillari oxirida sovet
matbuotida mavjud qiyinchiliklarning ayni shu hodisalar bilan bog‘liq
ekanligi yozilgan edi.
ma’naviyat
sohasida mustamlakachilik
yanada yaqqolroq ro‘y berdi: ish yuritish
rus tilida olib borildi. bu nafaqat metro-
poliyadan yuborilgan amaldorlar mahalliy tilni bilmaganligi,
balki
shovinistik siyosat bilan ham bog‘liq bo‘lgan.
millatning guli bo‘lgan ziyolilar qatag‘on qilindi. ularning o‘rnini
egallaganlar salohiyati esa ko‘p hollarda mustamlakachilar talablari
darajasida bo‘lgan. xotin-qizlarga tatbiqan asriy an’analar bilan
hisoblashmay, ko‘p hollarda zo‘ravonlik bilan o‘tkazilgan «hujum»
kampaniyasi ancha qurbonliklarga olib keldi.
maorif, fan va ma’naviy madaniyatning boshqa barcha tarmoqlari
Dostları ilə paylaş: