152
•
Totalitarizm (lotincha:
to‘la, yalpi) – davlatchilik –
siyosiy
rejim bo‘lib, yagona partiya yoki tashkilotning to‘la
hukmronligini bildiradi. uning tipik ko‘rinishi bo‘lib fashizm
va hozir halokatga uchragan kazarma sotsializm hisoblanadi.
•
Sovet – xx asr boshlarida Rossiyadagi inqiloblar jarayonida
tashkil etilgan hokimiyat bo‘lib, bolsheviklar siyosiy
hokimiyatni bosib olgandan so‘ng
davlatda hokimiyatning
pastdan yuqorigacha bo‘lgan bo‘g‘inlarining umumiy nomi.
sovet davlati barham topgandan so‘ng tugatilgan.
•
muxtoriyat – milliy mustaqillikning shakli bo‘lib, mavjud
davlat tarkibida muayyan qonunlarga ko‘ra
maqomi
belgilangan. turkiston muxtoriyati Rossiya tarkibida qolishni
nazarda tutib tashkil etilgan edi. lekin bolsheviklar uni o‘z
hokimiyati uchun xavfli bilib shafqatsizlik bilan tugatgan.
Savollar va topshiriqlar
1. temuriy sivilizatsiyani dasht ko‘chmanchiligi
tomonidan
zabt etilishini qaysi omillar osonlashtirdi?
2. nega yurtning uch xonlikka bo‘linib ketishi oldini olish
imkoniyati bo‘lmadi?
3. ijtimoiy turg‘unlik nima?
4. mustamlakachilik asoratiga tushmaslik iloji bo‘lganmi?
5. mustamlakachilikning birinchi davrining halokatli oqibatlari
nimalarda ko‘rinadi?
6. Jadidchilikda siyosiy-huquqiy masalalar qachondan boshlab
birinchi o‘ringa chiqdi?
7. Jadidlarning xorazm va buxoroda sovet hokimiyati bilan
aloqada bo‘lishidan qanday maqsad kuzatilgan?
8. mustamlakachilik ikkinchi
davrining oldini olish mum-
kinmidi?
9. turkiston – markaziy Osiyo mintaqasi azaliy yaxlitligini
sovetchasiga «ittifoqdosh respublika», «avtonom respublika»
va hokazolarga ajratish qaysi maqsadlarga xizmat qilgan?
10. amalga oshirilgan xo‘jalik o‘zgarishlarining
halokatli
oqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi?
11. zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshirilgan madaniy inqilob
qanday natijalarga olib keldi?
Dostları ilə paylaş: