158
chiqarganiga ko‘ra yagona zamin bo‘la olmasligi tushunarlidir.
bunday sharoitda bu sivilizatsiyaga muqobil an’anaviylik shaxs
erkinligini cheklasa-da, fan-texnika rivojlanishini tezlashtirmasa-
da, jamoaviy hayot maromini ta’minlaydi. ko‘rinadiki,
har ikki
sivilizatsiya mutanosib jihatlarini qabul qilish, ya’ni, qayerda
g‘arbcha texnologiya bo‘lmasa,
u yerda xomashro va, aksincha,
sharqiy mintaqalarda xomashyolardan foydalanishi uchun zamonaviy
texnologiyani jalb etish zarur bo‘ladi. albatta, masalaga bunday
yondashish an’anaviy jamiyatlardagi sanoatlashgan va axborotlashgan
jamiyatlarga o‘tish davriga tegishlidir.
Chunki istagan bosqichdagi
jamiyat zamonaviy ko‘rinish ola olmaydi. bunday bo‘lish uchun
ijtimoiy munosabatlarning zarur darajasi va madaniy qadriyatlarning
muayyan tarzi o‘zaro mutanosib bo‘lishi kerak. modomiki,
bunga
sharoit yetarli emas ekan, u holda oraliq, o‘tmish
davri jamiyati
barpo etish vazifasi kun tartibiga qo‘yiladi. bunda jamiyat qisman
modernizatsiyalashtiriladi, ya’ni, ishlab chiqarish sohasida imkoniyat
bo‘lgan hollarning barchasida kishilar hayotiga oqilonalik (ratsionallik)
berish vazifalari ketma-ket bajariladi. ijtimoiy vazifalarning bajarilishi
esa, asosan, an’anaviylik tadrijida mavjud qadriyatlarning, masalan,
urf-odatlar va diniy me’yorlarga tayangan holda olib boriladi. bular,
o‘z navbatida, ma’lum darajada siyosiy soha o‘zgarishlariga ham olib
keladi.
O‘tish davri jamiyatlari yoki o‘tish jamiyatlari jarayonlari mantiqi
shundayki, bunda oxir-oqibatda mavjud ijtimoiy munosabatlar, ularga
muvofiq keladigan madaniylik darajalari yangi sifat holatlariga ega
bo‘ladilar. lekin bu uzoq vaqt davomida amalga oshadi.
Dostları ilə paylaş: