162
Shaxs va davlatning
o‘zaro mas’ulligi
davlat hokimiyatining vakolatli organi, ya’ni, parlament
tomonidan O‘zbekiston prezident tavsiyasiga ko‘ra tayinlanadigan
ijroiya hokimiyat – hukumat qabul qilingan qonunlarni hayotga tatbiq
etish va xo‘jalik yurgizish bo‘yicha uzluksiz ish olib bormoqda.
Odil hakamlik qilish yo‘li orqali
huquqlar buzilishini tiklash,
aybdorlarni adolatli jazolash bo‘yicha sud hokimiyati oldida hozirgi
vaqtda O‘zbekistonda bu sohaga zamonaviy talablar qoyilishi bilan
keng ko‘lamli faoliyat olib borish vazifalari qo‘yilgan.
hokimiyatlar bo‘linganlik tamoyili O‘zbekistonda yangi mexanizm
bilan to‘ldirilgan. bu tegishli hokimiyatlar o‘rtasidagi «posangi»ning
ham yaratilganidir. sobiq sovet davlati o‘rnida vujudga kelgan qator
davlatlarda ayni shu «posangi»ning ishlab chiqilmaganligi natijasida
davlat boshliqlari bilan parlament o‘rtasida harbiy to‘qnashuv
(Rossiya, 1993-yil), o‘zaro kelisha olmaslik (ukraina, qirg‘iziston va
boshqa davlatlar) yuz berdi.
3.
«Huquqiy davlat» iborasidan ma’lum bo‘layotganidek,
davlatning huquqqa tobeligi. bu tamoyil O‘zbekistonda davlat
organlarining ham, tashkilot va muassasalarning ham, fuqarolarning
huquqqa baravar bo‘ysunishi tarzida amalga oshmoqda. natijada
davlat tashkilotlari faoliyatida o‘zboshimchalik emas,
balki huquq
bilan bu faoliyatning cheklanganligi ta’minlanmoqda.
4.
Davlat faoliyatida inson tabiiy huquqlari ustunligini tan
olish siyosiy-huquqiy maqomda xalqaro huquq va konstitutsiyada
ifodalangan bo‘lib ichki qonunchilikka
va tarmoq qonunlariga
nisbatan belgilovchi hisoblanadi. O‘zbekistonda bu tamoyil barcha
e’tiborli qonunchilik aktlarida o‘z ifodasini topgan. huquqiy
davlat konsepsiyasi haqida gapirganda O‘zbekiston
konstitutsiyasi
muqaddimasida «insonparvar demokratik huquqiy davlat» yaratish
vazifasi qo‘yilganiga, shuningdek, asosiy qonunning
2-,7-,11-,15-,18-
moddalarining ahamiyatini alohida ta’kidlamoq lozim.
tamoyil sifatida bu –
barpo etilayotgan
davlatning muhim tavsiflaridan biridir,
ikkala tomon o‘z munosabatlarida teng
kuchli emas. nodemokratik davlat formal jihatdan shaxs huquqini tan
olishi mumkin. lekin uni ro‘yobga chiqarishga qodir emas. buni sobiq
sovet davlati misolida ko‘rish mumkin edi.
bunday davlat uchun
fuqaroning uning oldidagi mas’uliyati belgilovchi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: