169
million aholiga 20 tadan to‘g‘ri keldi. bu ko‘rsatkichga ham, asosan,
mustaqillik yillarida erishildi. ular
tarkibiga 4 ta siyosiy partiya,
2 ta harakatchilik, 50 tacha jamiyat, 30 ga yaqin uyushma, 20
tacha tarmoq uyushmalari, 40 qa yaqin jamg‘armalar, 30 dan ortiq
federatsiya, 20 ga yaqin birlashma va hokazolar kiradi.
Fuqarolik jamiyati chuqur ildiz
otgan mamlakatlarda uning
tarmoqlari juda tig‘iz bo‘lib, fuqarolar va korxonalarning yuz
minglab sondagi xilma-xil tashkilotlaridan iboratdir. turli manbalarda
keltirilishicha, aqshda 1 mln. aholiga
4334 ta tashkilot to‘gri kelib,
jami
1140 000 ta bo‘lsa, kanadada tegishli tarzda
4800 va
144000,
buyuk britaniyada –
5172 va
300000, shvetsiyada –
20000 va
184000
ta to‘gri keladi.
O‘zbekiston hayotining barcha sohalarida fuqarolik jamiyati
faoliyat ko‘rsatsa-da, uning keng tarmoqlari iqtisodiy va ma’naviy
sohalarga to‘gri keladi. masalan,
aksiyadorlar jamiyati, kichik va
o‘rta korxonalar, tijorat banklari o‘zlarining
tegishli nohukumat
va notijorat tashkilotlarini ta’sis etganlar. bular, o‘z navbatida,
O‘zbekiston tadbirkorlari va tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi,
banklar uyushmasi, ishbilarmon ayollar uyushmasi va hokazolarga
birlashganlar.
ma’naviy sohada turli jamg‘armalar ta’sis etildi. ularning ma’lum
qismi xalqaro maqomda (masalan,
«Oltin meros», Imom Al-Buxoriy
nomidagi, Amir Temur nomidagi, «Ekosan» va hokazolar) bo‘lsa,
boshqalari Respublika miqyosida («ustoz», «nuroniy», sharof
Rashidov jamg‘armasi, ulug‘bek jamg‘armasi va hokazolar) faoliyat
ko‘rsatadi.
nntlar yuridik maqomda tashkil etilgan, hokimiyat organlaridan
mustaqil, o‘z-o‘zini boshqaruvchi,
olingan foydani muassislar
o‘rtasida taqsimlamaslik, ixtiyorlik tamoyilida ish ko‘rishlari bilan
tavsiflanadi.
bu institut o‘ziga xosdir.
Birinchidan,
sharq dunyosidagi sug‘orma
dehqon-
chilikka asoslangan turmush tarziga mos
an’anaviylikni ifodalagani uchun uzoq tarixga ega.
Ikkinchidan,
o‘tish davrini kechirayotgan O‘zbekiston uchun yangi sifat kasb etib
fuqarolik jamiyatining tipik ifodasini berishi mumkin.
O‘zbekiston prezidentining 1992-yil 12-sentabrdagi farmoniga
Dostları ilə paylaş: