185
tinch kechib, tuzum tabiatini o‘zgartirgan voqealar va boshqalar
globallashuv ko‘lamini yaqqol ko‘rsatdi.
ko‘rinadiki, globallashuv – yer yuzining katta qismini yagona
iqtiso diy-moliyaviy,
ijtimoiy-siyosiy, madaniy tuzilmalarga bir-
lashtirib, tarixan kun tartibiga qo‘yilgan obyektiv jarayondir.
modomiki, bu jarayon kishilik dunyosida kechar ekan,
uning
ishtirokchilari o‘z manfaatlaridan kelib chiqib tegishli harakatlarni
ham sodir etadilar.
bu anglatadiki, globallashuv ziddiyatli jarayondir. uni har qanday
sharoitda ham tegishli tarzda bajarish lozim bo‘ladi.
globallashuv jarayoni sotsium asosiy
tarkibiy qismlarini qamraydi.
siyosiy
sohada bu jarayon davlatning ishtirokisiz
kechmasligi tushunarli. O‘tmish an’a-
naviy-agrar jamiyatlardagi o‘z-o‘zicha chegaralangan, bir-biridan
ajratilgan
ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar, masalan, qabilalar, ularning
davlat
birlashmalari, shuningdek, keyinroq paydo bo‘lgan milliy
maqomdagi davlatning o‘zaro aloqalari bulardagi o‘z-o‘zicha
yetarlilikdan farqli o‘laroq industrial jamiyatlarda mintaqadagi kuchli
mamlakat tevarak-atrofga belgilovchi ta’sir ko‘rsatib muayyan davlat
birlashmalarini vujudga keltiradi. shu yo‘l bilan savdo, keltiriladigan
xomashyo ustidan nazorat o‘rnatadi.
hamda tegishli tarzda foyda
qiladi.
globalizatsiya bu sohada muayyan iqtisodiy manfaatlar tash-
vishlarining doirasini ifodalaydi. ayni vaqtda, mamlakat xizmati va
xalqaro tashkilotlar ham bularning talablariga binoan ish ko‘rishi
lozim. milliy hukumatning vazifalari hududiy-davlat chegaralaridan
tashqariga chiqadi. xalqaro tashkilotlar, o‘z navbatida, masalalarni hal
qilishda ba’zi o‘rinlarda hukumat darajalarida ish ko‘radilar.
siyosiy globallashuv hozirgi maqomini xx asrning o‘rtalaridan
oladi. bu vaqtda bir tomondan texnologik inqilob yuz berib moddiy
ishlab chiqarish,
transport, informatika va telekommunikatsiya
vositalari rivojlanishiga turtki bergan bo‘lsa, ikkinchi tomondan
iqtisodiyotning o‘zini milliy chegaradan
tashqariga chiqishi so-
dir bo‘lgan. shundan e’tiboran davlatning avvalgi monopol
holati kuchsizlanib bormoqda, deyish mumkin.
endi xalqaro
munosabatlarning to‘la qonli subyektlari bo‘lib transmilliy
kompaniyalar bilan bir qator nohukumat tashkilotlari, alohida hududlar
va, hatto, alohida fuqarolar ham hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: