186
bu,
birinchidan milliy xo‘jaliklarning
o‘z mamlakatlari chegaralariga sig‘may
boshqa mamlakatlar xo‘jaligi bilan inte -
gratsiyaga kirishgani
natijasida tovarlar
oqimi tezlashib investitsiyalar kiritishga sharoit qulay bo‘lib, mamlakat
rivojlanishi uchun qo‘shimcha yo‘l ochiladi.
Ikkinchidan, savdo
ehtiyoji bu jarayonni tezlashtirishga turtki bo‘ladiki,
bu maqsadda
hatto
Jahon savdo tashkiloti ham ta’sis etilgan.
Uchinchidan,
tabiiy resurslarning notekis joylashganidan
zarur xomashyoga ega
bo‘lishga undaydi.
To‘rtinchidan, mehnat taqsimoti ustunliklaridan,
milliy iqtisodiyotlarni o‘zaro bog‘liqligidan foydalanib oldinga o‘tib
olish mumkin.
Beshinchidan, harbiy va boshqa sohalar ehtiyojlari
global aloqaga ega bo‘lishga undaydiki, bu transportni, shuningdek,
kommunikatsiyaning boshqa vositalarini
jiddiy rivojlantirishni
talab etadi.
Oltinchidan, aholi migratsiyasi jarayonlarini boshqarish
zaruruyati yangi qadamlar tashlashni shart etib qo‘yadi va h.k.
globallashuvning hozirgi bosqichida iqtisodiyot sohasida
konk ret davlat nazoratidan xoli faoliyat ko‘rsatadigan
transmilliy
korporatsiyalarning paydo bo‘lganligini alohida qayd etmoq lozim.
bularning iqtisodiyotning muayyan sektorini nazorat qilishi konkret
hudud, millat yoki madaniyat doiralari bilan cheklanmagan.
Jahon miqyosida faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro valuta jamg‘ar-
masi, xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki va boshqalar
ishlab chiqarishni
moliyalashtirishga emas, balki pul oqimlarini
yo‘naltirishga doir siyosatni belgilaydi.
ular moliyaviy davlat
sifatida bir qancha mayda va o‘rtacha mamlakatlar budjetlaridan ortiq
imkoniyatlarga egadir. shuning uchun Jahonga chiqmoqchi bo‘lgan
istagan mamlakat bularning sharti bilan hisoblashishga majbur.
transmilliy korporatsiyalar, xalqaro valuta jamg‘armasi va boshqa
xalqaro tuzilmalarda ishlash uchun saylanma xodimlar tayyorlanadi.
bu menejerlarning faoliyati natijasida tegishli tarzda global miqyosda
turli qarorlar,
shu jumladan, kambag‘al mamlakatlardan ishchi
kuchlarini rivojlangan mamlakatlarning
qaysisiga qancha jalb
qilishigacha bo‘lgan qarorlar qabul qilindi.
iqtisodiy globallashuvda g‘arbdan tashqari qator mintaqalarga
kiritilayotgan sarmoya va texnologiya uchun davlat suverenitetining
bir qismidan voz kechishga ham majbur bo‘linadi. buning oqibatlari
Dostları ilə paylaş: