188
– inson shaxsi
manfaatlarini himoya qilish, uni rivojlantirish
yo‘lidagi maqsad sari barchani – ular
siyosiy kuchlar yoki ilmiy,
badiiy, ruhoniy kuchlar bo‘ladiki, hammasini birlashtirib yuzaga
kelayotgan xavfga e’tiborni
qaratish;
– har bir kishi va insoniyat manfaatini ta’minlashda jamoatchilik
fikriga ta’sir eta oladigan taniqli siymolarni jalb etish orqali mavjud
xavfga qarshi ijtimoiy-siyosiy tusdagi tadbirlarni, shu jumladan, turli
mitinglar va namoyishlarni o‘tkazish;
– ommaviy axborot vositalari, maxsus nashrlar, inteRnet orqali
yuz berayotgan xavf va undan chiqish yo‘llari to‘g‘risida keng axborot
kampaniyasini doimiy tarzda olib borish;
– mavjud xavf to‘g‘risida sivilizatsiyani saqlab qolish yo‘lida
manfaatdor bo‘lgan barcha kuchlar sa’y-harakatini muvofiqlashtirib
doimiy
ravishda anjumanlar, munozaralar, uchrashuvlar o‘tkazib
turish.
albatta, globallashuv tug‘dirayotgan
xavfga qarshi kurashda
jamoatchilik harakati qanchalik muhim bo‘lmasin, unda davlatning
ishtirokisiz uzoqqa borib bo‘lmasligi aniq. ammo ko‘pgina
antiglobalistlarning ishonchiga ko‘ra mavjud davlat bu xavfni bartaraf
qilishga qodir emas. har bir insonning shaxsi, uni himoya qilish va
rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ygan davlatgina bu vazifani uddasidan
chiqa oladi. lekin bunday davlatning qachon amalda bo‘lishi xususida
esa faqat nazariy fikr yuritish mumkin.
Asosiy tushunchalar
•
Globallashuv – sivilazatsiya asosiy jihatlarini qamragan jarayon
sifatida ko‘proq g‘arb industrial jamiyatlari yutuqlarining keng
miqyosda yoyilishini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: