191
mutlaqo o‘zgarishi mumkin. shimoliy yarim shardan janubga qarab
nur o‘tkazmaydigan qora qatlam butun sayyorani qoplab oladi.
Chuchuk suvning barcha manbalari muzlaydi. ekologiyaviy aloqalar
buziladi, hosil nobud bo‘ladi. yer ustida va okeanlarda hayot tugaydi.
bularning hammasi yadro
quroli siyosat vositasi va, hatto, urush
vositasi ham bo‘lmay, balki insoniyat uchun o‘z-o‘zini
halok etish
quroli ekanligini ko‘rsatadi.
global muammo sifatida tinchlikni ta’minlash harbiy xarajatlarni
keskin kamaytirishni taqozo etadi. negaki, insoniyat 1900-yildan beri
harbiy ishga ajratilgan mablag‘larni
30 martadan ko‘proq oshirdi. u
90-yillar boshiga kelib
500 milliard dollarga yetdi. harbiy va aslaha
sanoatida
60 million kishi faoliyat ko‘rsatgan. Jumladan, muntazam
qo‘shinlarda
25 milliondan ortiq shaxsiy tarkib,
10 millionlik yarim
harbiy muassasalarda ishlovchi
5 million fuqaroviy kasb egasi bor. bu
sohalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida
500 ming kishi
bandki, bu dunyodagi olim va muhandislarning qariyb 40% ini tashkil
etadi. Fan rivojlanishiga har yili ajratiladigan xarajatlarning beshdan
ikki
qismi yoki 30 milliard dollardan ortiqrog‘i
harbiy tadqiqot
maqsadlariga ketgan
1
.
hozirgi vaqtda oddiy qurol-yarog‘lar
keltirishi mumkin
bo‘l gan ziyon yadro quroli darajasiga yaqinlashib qolmoqda.
Jahonda qurollanishga ajratilgan mablag‘larning 80%i shu sohaga
sarflanmoqda.
urush va tinchlik masalalarida aqshning o‘rni hozirgi vaqtda hal
qiluvchi darajaga yetdi.
sayyorada
umumbashariy tinchlikni
ta’minlash ehtiyojlari bilan g‘arbning
sobiq mustamlaka yoki vassali bo‘lgan
130 dan ortiq mamlakat ijtimoiy rivoj-
lanishini jadallashtirish vazifalari o‘zaro bog‘liqdir.
bu mamlakatlarda o‘tmishda xo‘jalik hayoti zo‘rlik
bilan
o‘zgartirilgani tufayli ko‘pincha turg‘un holda bo‘lgan, qoloq siyosiy
munosabatlar saqlab qolingan edi. aksariyat rivojlangan davlatlar
1
bu raqamlar 90-yillar boshigacha bo‘lgan davrni ifodalaydi. hozirgi bir
qator yirik harbiy davlatlarda konversiya jarayoni boshlangan bo‘lsa-da, lekin
qurollanish xarajatlari kattaligicha qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: