194
biosfera tabiiy vazifalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega.
yer yuzasining
31 millioncha gektar qismi «kislotali yomg‘irlar»dan
zararlangan va bulg‘angan. tuproq eroziyasi tufayli ekin maydonining
26 mln. gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda;
xx asr
ikkinchi yarmida «katta qurg‘oqchilik»larning tez-tez bo‘lib turishi
natijasida cho‘llar maydoni yiliga
6 million gektarga kengayib,
o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar yuz bermoqda.
sanoatlashgan yevropa va shimoliy amerikadagi minglab suv ko‘llari
biologiyaviy o‘lik holga tushgan. har yili jahon suv havzalariga 32
kub kilometr tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushmoqda.
yer yuzidagi ekologiyaviy o‘zgarishlar oqibatida 2050-yilga borib
atmosferadagi o‘rtacha harorat 1,5–4,5 darajagacha ko‘tarilishi
kutilmoqda. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida o‘simliklarda
fotosintez jarayonining qisqarishi, konserogen moddalar ta’sirida kelib
chiqadigan kasalliklarning ko‘payishi va h.k. ro‘y berishi mumkin.
tevarak-atrof muhitning bulg‘anish muammosi bilan birga tabiiy
resurslar,
birinchi navbatda, oziq-ovqat manbalari muammosi ham
mavjud.
barcha mamlakatlar
quvvatning yangi
manbalarini topish zaruriyati oldida
turibdi.
ma’lumki, quvvat resurslari ikki xil –
qayta tiklanmaydigan (neft, gaz, ko‘mir) va tiklanadigan (suv quvvati,
yog‘och va h.k.) bo‘ladi.
shuningdek, quvvat manbalarini tashqi
(quyosh) va ichki yerosti resurslari (masalan, atom yadrosi) tarzida
ham ta’riflash mumkin.
hozir dunyoda 30 dan ortiq mamlakatlarda jahon elektr quvvati
ishlab chiqarishining 15% i atom reaktorlari hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
atom quvvati hosil etish xarajatlari yuqoriligicha qolmoqda. uning
xavfsizligi xususida xilma-xil va qarama-qarshi fikrlar aytilmoqda.
quvvat muammosining kun tartibida
jiddiy turganligi olim va
mutaxassislarning quyosh nuridan, yerosti
issiqlik manbalaridan
foydalanishga yana ham ko‘proq e’tibor berishlarini taqozo
etmoqda.
Global muammolarning eng asosiylari tavsiflaridan ham ko‘rinib
turibdiki, bunday buhronlarni bartaraf etish nafaqat murakkab, balki
Dostları ilə paylaş: