198
iX B o B. inSoniYATninG YAnGi SivilizATSiYAviY
SiFAT holATiGA o‘TAYoTGAnliGi muAmmolARi
37-§. hozirgi jamiyatlar – jahoniy tizim
istagan narsa, hodisa yoki jarayon tarkibiy
tuzilishga ega, yani qaysidir va qanchadir
qismlar, ular esa unsurlardan tashkil top-
gan. bulardan hosil etilgan yaxlitlik shunchaki mexanik yig‘indi
bo‘lmay, sifat jihatdan yangi tizimiy hodisa hisoblanadi. hozirgi
bilimda voqelik ko‘rinishlariga tizimiylik tarzida qarash belgilovchi
o‘rin tutadi. zero, ko‘p
tarmoqli sanoat, xilma-xil manfaatlarni
jamuljamini
ifodalagan siyosat, murakkab tarkibli ma’naviyat va
hokazolarni tizimiylik tamoyilidagina olib qarash lozim.
tizimiylikda tashkillanganlik va funksional mavjudlik muam-
molari yechimi muhim hisoblanadi. bunda, ayniqsa, tizimiy
modellashtirishning ahamiyati kattadir. kishilik dunyosiga tizimiylik
tamoyilida yondashish orqali tuzilmalarning
ichki aloqadorliklari,
unsurlarining o‘zaro ta’siri, turli iyerarxiya va subordinatsiyalarga doir
ilmiy bilimlar hosil etiladi.
hozirgi vaqtda yer yuzida birlashgan
millatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan 185
ta suveren davlat mavjud bo‘lib, bmtga
kirmagan davlatlarni ham qo‘shganda ularning soni 193 tadir.
umuman olganda, dunyoda 220 tacha mamlakat va 240 tacha
muayyan mustaqillikka ega hududiy tuzilma bor. bularning barchasiga
tatbiqan umumiylik shundaki, ular hozirgi jamiyatlarga xos jahoniy
tizim doirasidir.
kishilik dunyosiga tizimiy yondashish xx asr ilmida o‘zining
an’anasiga ega. marksistlar o‘zlari amalga oshirmoqchi bo‘lgan
ijtimoiy inqilob maqsadlaridan kelib chiqib o‘tgan asr boshlaridayoq
yevropa va shimoliy afrikadagi mavjud
ijtimoiy tuzumni dunyo
miqyosida tizim – kapitalizmning asosiy qismi hisoblab ijtimoiy
to‘ntarishni amalga oshirishga uringan. masalan, leninning
imperializm nazariyasiga ko‘ra kapitalizm tizim sifatida yer yuzini
qamragan. uning so‘nggi bosqichi «imperializm shundoqqina
sotsialistik inqilob arafasidir». lekin nazariyaning dastlab dunyoning
Dostları ilə paylaş: