201
Jahonning yangi
tartiboti
bu guruh mamlakatlar chetdan keltiriladigan mablag‘ va
texnologiyalarga bog‘liq bo‘lib qolgan. kelayotgan yordam belgi-
langan joyga ko‘pincha yetib bormay davlat amaldorlari o‘rtasida
taqsimlanadi. bularning hukmron doiralari «markaz» guruhidagi
tegishli davlat bilan bog‘liq bo‘ladi. u davlatdagi o‘zgarishlar
bu yerda ham aks-sado beradi. to‘g‘ri, muayyan sharoitlarda u
yoki bu yordam oluvchi davlat oldinga o‘tib ketishi mumkin.
mustamlakachilikdan ozod bo‘lib davlat istiqlolini qo‘lga kiritgan
mamlakat dastlab «uzoqlikda»gi guruhga kirgan bo‘lsa, keyinroq
«yarim uzoqlikda»gilarga yaqinlashganligiga misollar yetarli.
masalan,
Hindiston harbiy sanoatda, hisoblash texnikasi ishlab
chiqarish va yengil sanoatda ancha ilgarilab ketgan bo‘lsa,
Koreya
Respublikasi (Janubiy koreya) «yadro» davlatlari turkumiga kirib
ulgurdi.
hozirgi vaqtda yangi sivilizatsiyaviy
sifat holatiga o‘tilayotganligi tashkiliy
jihatlardan tegishli jahoniy tartibotlarning
yuzaga kelishi bilan tavsiflanadi. Bular-
ning iqtisodiyot sohasida shakllanishi ii jahon urushidan keyin
boshlangan edi, deyish mumkin. masalan, 1947-yilda imzolangan
Ta’rif va savdo to‘g‘risida Bosh shartnoma (keyinroq
Jahon savdo
tashkilotiga aylantirilgan), bir yil o‘tib ta’sis etilgan
Yevropa iqtisodiy
hamkorlik tashkiloti (1960-yilda kengaytirib iqtisodiy hamkorlik va
rivojlanish tashkiloti deb atalgan), avvalboshdan mintaqa miqyosida
bo‘lib huquqiy, ilmiy, ma’muriy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda siyosatni
muvofiqlashtirishni ko‘zlagan
Yevropa kengashi (1949-y.),
Yevropa
po‘lat va ko‘mir uyushmasi (1950-y.) olti yildan so‘ng uning asosida
Yevropa iqtisodiy kengashi va
Yevropaning atom energiyasi bo‘yicha
hamjamiyati, angliya boshchiligida shimoliy yevropa davlatlarining
bularga muqobillikdagi
Yevropa erkin savdo integratsiyasining
(1960-y.) keyinroq (1991-y.) eikga qo‘shilishi bilan yevropaning
iqtisodiy makoni tuzilishiga olib keldi. O‘z navbatida, bularning
natijasi o‘laroq qit’a g‘arbida barcha sohalarda keskin o‘sish ro‘y
berdi. 1993-yilda yevropa yagona fuqaroligi kelishildi va xxi asrga
yangi valuta – yevro bilan kirildi. ko‘rinadiki, mintaqaning ilgari
bo‘lmagan yangi tartiboti amal qila boshladi va o‘zining hayotiyligini
ko‘rsatdi.
Dostları ilə paylaş: