202
Jahon tartibotining boshqa bir
varianti shimoliy amerikada
aqsh, kanada va meksika ishtirokida shakllanmoqda. bu ikki
mintaqa xx asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida Jahon miqyosida
sivilizatsiyaviy sifat o‘zgarishlari uchun ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy sohalarda zarur shart-sharoitlarni yaratdi.
ii jahon urushidan keyingi davrda dunyoning ko‘p
joylarida
konkret sharoitlar vazifalarini hal etish yo‘lida anchagina tashkilotlar
tuzildi:
Afrika birligi tashkiloti, Amerika davlatlari tashkiloti, Islom
anjumani tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Osiyo-Tinch okeani
iqtisodiy hamkorligi tashkiloti va boshqalar.
sobiq sovet davlati va unga qaram mamlakatlar o‘rnidagi davlatlar
ham Jahonning amaldagi tartibotiga qo‘shilib va o‘zaro yangi tu-
zil ma –
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (mdh) tuzib ko‘pgina
masalalarni hal qilmoqchi bo‘ldilar.
bir necha sharqiy yevropa
davlatlarining ayrimlari
YEK va
NATOga kirdi.
ma’lumki, xx asrda Jahon tartibotini bir necha o‘n yilliklar
davomida aqsh va
sobiq sovet davlati belgilab ikki qutbli manzarani
vujudga keltirgan edi. hozir esa jahoniy yetakchi davlat aqsh bo‘lib
qoldi. ayni vaqtda, hozirgi jahoniy tartibotni ko‘p qutbli, ya’ni, xilma-
xil manfaatlarini amalga oshirishda turlicha imkoniyatlar va vositalarga
ega bo‘lgan
katta-yu kichik, kambag‘al-u boy, yadro quroliga ega
yoki ega bo‘lmagan davlatlarning yonma-yon
mavjudligi tashkil
etadi degan nuqtayi nazar ham o‘ziga tobora yo‘l ochmoqda. zero,
yangi jahoniy tartibot davlatining hududi va imkoniyatlariga bog‘liq
bo‘lmagan holda
partnyorlik munosabatlarini insoniylashtirish, harbiy
to‘qnashish xavflarini kamaytirish, eng muhimi, demokratiyalashtirish
orqali shakllanganida obyektiv ehtiyojlarga mos tushadi.
Dostları ilə paylaş: