203
«Axborot»,
«axborotli jamiyat»
tushunchalari
Savollar va topshiriqlar
1. Hozirgi jahon hamjamiyati tarkibi tavsifini bering.
2. e. vallershteynning jahon tizimi nazariyasida jahon davlatlari
qaysi asoslarga ko‘ra tasnif qilinadi?
3. mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Jahon yangi tartiboti shakli
hisoblanadimi?
38-§. Axborot-texnologik jamiyat
global muammolarning kelib chiqishi,
mavjudligi va
hal etilishi zarurati inso-
niyat jamiyati yangi sivilizatsiyaviy sifat
o‘zgarishini taqozo etmoqda. bu jarayon
mohiyatini anglash uchun uning jadalligiga, chuqurligiga va miqyosiga
e’tibor berish lozim. zero, o‘nlab va, hatto, yuzlab yillar davomida
o‘zgarmas bo‘lib ko‘ringan ijtimoiy munosabatlar g‘oyat qisqa
vaqtda tubdan o‘zgarmoqda. bu hol kishilar
hayoti qatlamlarining
barcha bo‘g‘inlarida ko‘rinmoqda. ko‘lamiga ko‘ra bu jarayon biron
mintaqani chetlab o‘tmagan.
xo‘sh, bu qanday sivilizatsiya bo‘ladi? hozirgi dunyoda g‘arb
qadriyatlarining barcha sohalarda ahamiyati tan olingan va qabul
qilayotganini o‘rgangan
futurolog-mutaxassislar axborot-texnikaviy
yoki
axborot-kompyuter sivilizatsiyasi haqida bashorat qilmoqdalar
1
.
ma’lumki,
«axborot» tushunchasi
dunyoqarashni ifodalaydigan
bilimlarda qadimdan mavjud bo‘lgan. kibernetikaning kelib chiqishi
va rivojlanishi bu tushunchani «aloqa» va «boshqaruv» tushunchalari
bilan birga keng qo‘llanishiga olib keldi. hozirgi vaqtda axborotlarni
hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko‘paytirish va tarqatish alohida
1
xx asrning 60-yillari boshida tabiiy resurslar yetishmayotgan yaponiya
oldida «qaysi yo‘ldan borish masalasi» turgan edi.
xalqning moddiy
farovonligini yanada oshirish yo‘lidanmi, axborotli-intellektual rivojlanish,
jamiyatni
axborotlashtirish, informatsiologiyaviy resurs va texnologiyaviy
yo‘lidanmi, – degan savolga axborotlashuv yo‘lidan, deb javob berildi va tegishli
yo‘l tanlandi. yaponcha axborot rivojlanishi tizimini 1970-yillar boshida aqsh
ham qabul qildi.
Dostları ilə paylaş: