206
almashuvi yuz beradi. bu almashuvda turli-tuman iste’mol
ehtiyojlarini qondirish ustun hisoblanadi. aholi migratsiyasi ratsional
tarzda yo‘lga qo‘yiladi.
Axborot-texnikaviy kelajak nazariyotchilari fikriga ko‘ra bu davrda
jamiyatda boshqariladigan bozor iqtisodiyoti amalda bo‘ladi. busiz
yangi sivilizatsiya qaror topishi, sanoatlashganlik
kamchiliklarini
bartaraf etish mumkin bo‘lmaydi.
yuksak mehnat unumdorligi, samarali
iqtisodiyot ijtimoiy
ta’minot yo‘li bilan tegishli siyosat olib borishni kafolatlaydi.
«Hech
qanday sivilizatsiya, – deb yozadi O.Toffler, – barcha kasb egalarini
bir xil siylamagan va shunday bo‘lmog‘i lozim. Qishloq xo‘jaligi
sivilizatsiyasi yoki birinchi to‘lqin muayyan sifatlar va qobiliyatlar,
ayniqsa, sof muskul kuchi uchun siylagan. Sanoat sivilizatsiyasi yoki
ikkinchi to‘lqin turli kasblar uchun haq to‘lagan. Uchinchi to‘lqin
sivilizatsiyasi ham muayyan xususiyatlar va qobiliyatlar uchun
boshqalariga qaraganda yaxshiroq haq to‘laydi».
ma’naviy-madaniy sohadagi tub o‘zga-
rishlar
ommaviy ruhiyatda, ta’lim tizi-
mida, har bir inson saviyasida o‘z ifo-
da sini topmoqda. Odatda, bu sohadagi
o‘zgarishlar boshqa sohalar o‘zgarishlariga zamin tayyorlaydi.
kompyuterlashtirish kishilik jamiyati dinamikasining navbatdagi
yo‘nalishi sifatida madaniyatning qator sohalarida bo‘lgani kabi
san’atda ham yuksak ravnaqni taqozo etadi. bu haqda sivilizatsiya
rivojlanishi ushbu bosqichi nazariyotchilaridan bo‘lgan
J.Nesbitt va
P.Eburdin san’atni 90-yillarda jahon miqyosida o‘nta yo‘nalishning
ikkinchisi sifatida ko‘rsatadi. agar sanoatlashgan
davrda harbiylar
boshqalarga namuna bo‘lsa, sport – metafora (majoz)ni anglatgan
bo‘lsa, endi alohida kishilar, korporatsiyalar, katta yo kichik shaharlar
o‘z taqdirlarini san’at
asarlaridagi shaxslar, obrazlar,
hayot uslubi
ta’sirida tobora aniqroq belgilab boradilar.
san’at iqtisodiy tushuncha maqomida ham qaralishi obyektiv
zaruriyat bo‘lib bormoqda. buni rivojlangan
mamlakatlar bozorida
foyda keltirayotgan resurs sifatida
muzeylarga boruvchilarning tobora
ko‘payib borishida va ko‘plab qurilayotgan muzeylar sonida ko‘rish
mumkin. hozirgi vaqtda buyuk britaniyada madaniyat va san’at
Dostları ilə paylaş: